Sirg‘alida yog‘och uylarni buzish boshlandi

© mytashkent.uzSig‘ali, yog‘och uylar
Sig‘ali, yog‘och uylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yog‘och uylarda yashab kelayotgan oilalar uchun tuman hokimiyati yangi uylardan kvartirlar ajratgan.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Toshkentning Sirg‘ali tumanida yangi ko‘p qavatli uylar qurishga joy bo‘shatish uchun eski yog‘och uylarni buzish boshlandi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.  

Oldin e’lon qilingan, yirik qayta qurish dasturiga binoan Sirg‘ali tumanida 2017-2022 yillarda 500ta ko‘p xonadonli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyha 30 ming poytaxt oilalarini uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi eski uylar buzilib yangi uylar qurilish jarayonida "hech kim ko‘chada qolmaydi" deb va’da bergan edi. Bugun ko‘rib turibmizki hokim o‘z va’dasi ustidan chiqmoqda.

Yog‘och uylarda yashayotgan oilalarni yangi uylarga ko‘chirish haqidagi qaror, Sirg‘ali tumaniga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tashrifidan keyin qabul qilingan edi.  

Ushbu uylar aslida 50-yil oldin Toshkent garnizoni harbiylari uchun qurilgan bo‘lib, 1966-yilda yuz bergan kuchli zilziladan keyin, yog‘och uylarda favqulodda tartibda uysiz qolgan shahar aholisi joylashtirilgan edi.

Eski uylar buzilishi bilan bir vaqtda yangi hashamatli uylar ham qurilishi ham boshlab yuborilgan. Nashr xabariga ko‘ra, yangi uylar Sirg‘ali bezagiga aylanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0