TOShKENT, 9 noya — Sputnik. AQSh prezidenti saylovi g‘olibi Donald Tramp, Nyu Yorkda o‘z saylovchilari oldida so‘zga chiqib qator masalalar bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Nososti.
G‘alabadan so‘ng so‘zlagan o‘zining ilk nutqida amerikaning bo‘lajak prezidenti mamlakatni tilka- pora qilayotgan yaralarini davolash vaqti kelganini aytdi.
"Hammaga shuni aytamanki, men barcha amerikaliklarning prezidenti bo‘lishga va’da beraman", — dedi Tramp.
Shuningdek prezident nomzodi barcha amerikaliklar uchun porloq kelajak yaratishga va’da berdi.
"Biz yo‘llar, ko‘priklar, tunnel va aeroportlar quramiz, mamlakat infratuzilmasini tiklab olamiz. Buning uchun millionlab o‘z fuqarolarimiz ishlaydi", — dedi Tramp Nyu Yorkda o‘z tarafdorlari oldida so‘zga chiqib.
Tramp yana "amerika orzusini yangilash" ustida ham ish olib borishga va’da berdi.
Milliarderning so‘zlariga qaraganda, uning uchun AQSh manfaatlari hamma narsadan ustun, lekin shu bilan birga, xalqaro maydonda Tramp hamma bilan "halol hamkorlik qilishga" va’da berdi.
"Men butun dunyoga ishonch biln shuni aytamanki, AQSh manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda, biz barcha xalq va millatlar bilan halol hamkorlik qilishga va’da beramiz. Biz hamkorlik tarafdori, mojarolar tarafdori emas", — dedi Tramp.
Tramp o‘z nutqida Xillari Klintonni ham esga oldi. Uning so‘zlariga qaraganda, Xillar qilgan xizmatlari uchun amerikaliklar uning oldida qarzdor.
Tramp bu yilgi prezident saylovi bu nafaqat saylov, balkim xalqning qudratli harakati bo‘lganini ham aytib o‘tdi. Prezident nomzodi darhol ishga kirishishga tayor ekanligini ta’kidladi.
Siyosatchi Mixail Leontyevning aytishiga qaraganda, Donald Tramp Rossiya uchun "tushunarli" hamkor va raqib.
"Amerikada hech qachon o‘z nuqtayi nazarini bunday aniq va ravshan izohlovchi rahbar bo‘lmagan. Oxirgi o‘lab yillar davomida biror marta ham", — dedi Leontyev.