Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqdi

© REUTERS / Mike SegarDonald Tramp AQSh saylovi g‘olibi
Donald Tramp AQSh saylovi g‘olibi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda to‘plangan ovozlar miqdoriga ko‘ra, Donald Tramp 276 nafar saylovchining ovoziga ega bo‘ldi. Bu esa AQSh prezidenti bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘plandi degani.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Donald Tramp kerakli miqdorda ovoz to‘plab AQSh prezidenti saylovida g‘alabaga erishdi, deb yozmoqda RIA Novosti, “Blumberg” xabariga asosan.

Ma’lumki, AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqish uchun  538 nafar umumiy saylovchilar 270 saylovchi ovoziga ega bo‘lish kerak. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Tramp 276 saylovchi ovoziga ega bo‘lgan. Trampning raqibi, Demokratik partiya vakili Xillari Klinton esa – 215 ovoz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovining birinchi bosqchida mamlakatning 50 shtatida umumxalq saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylov natijalariga ko‘ra har bir shtatdan bir necha saylovchi vakillar tanlanadi. Umumiy hisobda butun AQSh bo‘ylab 538 nafar saylovchi vakillar tayinlanadi va ular o‘zlariga berilgan mandatlarga ko‘ra, 19-dekabr kuni bo‘lg‘usi prezidentni saylashadi. Prezident tayinlanishi uchun kamida 270 nafar saylovchi vakil unga ovoz berishi kerak.

20 yanvardan yangi prezident inaguratsiya qilinib o‘z vazifasini bajara boshlaydi.

© SputnikAQSh prezidenti saylovi
AQSh prezidenti saylovi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti saylovi

 

Yangiliklar lentasi
0