"Paxta qulligi" tufayli YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik bekor bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishPaxta yig‘im-terimi
Paxta yig‘im-terimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘qimachilik protokolining qabul qilinishi - bu YeI tashqi siyosiy tamoyillariga zid bo‘lishi hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan majburiy mehnatdan foydalanish singari dalillarini e’tiborsiz qoldirilishi demakdir

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Human Rights Watch tashkiloti Yevropa parlamentini YeI va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari shartnomasi imzolanishiga rozi bo‘lmaslikka chaqirmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Tojikiston nashri.

Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga muvofiq, ayni vaqtda to‘qimachilik protokolining qabul qilinishi O‘zbekistonda majburiy mehnatdan foydalanish holatlari davom etayotganiga ko‘z yumish bilan barobardir. "Bu esa YeI tashqi siyosiy tamoyillariga zid", — deyilgan xabarda.

"Biz, sizni O‘zbekistonda majburiy mehnatdan foydalanish holatlariga barham berilgan holdagina Yevropa parlamenti shartnoma imzolash qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Paxta terimi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanish taqiqlangani haqida eslatdi
Xalqaro savdo Qo‘mitasi(INTA)ning o‘zbeklar huquqlariga e’tibori hamda majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yishga da’vatlari tufayli 2011-yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida to‘qimachilik protokoli imzolanishi — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kuzatuvchilari ushbu holatni biron bir qarshiliklarsiz kuzatish imkoniga ega bo‘lmagunlariga qadar kechiktirilgan edi.

Ammo shunday bo‘lsa-da, deb ta’kidlangan bayonotda, Human Rights Watch tashkiloti 2016-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida katta yoshdagi yuz minglab kishilarning paxta terimiga majburiy safarbar etilishi holatini qayd etgan. Xabarda aytilishicha, hatto, viloyatlarda paxta yig‘imi shart-sharoitlarini nazoratga olmoqchi bo‘lgan ikki nafar chet ellik jurnalist hamda xalqaro kuzatuvchilarga nisbatan hujum amalga oshirilgan.

O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatdan foydalanish amaliyoti to‘xtatiladi, deb ishontirganiga qaramay, Human Rights Watch tashkiloti aks dalillarga guvoh bo‘lib turibdi, deb yozilgan saytda e’lon qilingan xabarda.

Paxta hosili - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekiston paxta sotishdan tekstil eksportiga o‘tadi
"Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlaridan minglab talabalar paxta terimiga jo‘natilgan. Talabalar "paxta yig‘im-terimida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish shartnomasini" imzolashga majburlanganlar", — deyiladi xabarda.

Bayonotda, shuningdek, O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish holatlari kamaygani ham qayd etilgan. Ammo, shunday bo‘lsa-da, mahalliy mansabdorlar yig‘im-terim mavsumida kvotalarni bajarish ishtiyoqida bolalar majburiy mehnatiga murojaat qilib turishlari qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi oxirlarida O‘zbekiston Mehnat vazirligi paxta terimida bolalar mehnati hamda majburiy mehnatdan foydalanish mamlakat qonunlariga va Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyasiga zid kelishidan ogohlantirgan edi.

O‘zbekistonda paxta terishga majburlash holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi
"O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotining "Majburiy yoki bajarilishi shart bo‘lgan mehnat to‘g‘risida" (№29) va "Majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risida" (№105), "Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risida" (№138) va "Bolalar mehnatining eng mudhish ko‘rinishlariga barham berish va taqiqlash to‘g‘risida" (№182)gi konvensiyalarda belgilangan meyorlarga asosan milliy qonunchilikda 18 yoshga yetmaganlarni majburiy mehnatga hamda sog‘liqqa zarar yetkazuvchi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi", — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Mehnat vazirligi rasmiy saytida joylashtirilgan plakatda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari aks ettirilgan. Plakatda har bir shaxs "qo‘shimcha shartlarsiz terimdan bosh tortishga haqli. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda ishonch telefonlariga murojaat qiling", degan so‘zlar yozilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0