Mehnat vazirligi delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi davom etmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishQuruvchilar ish vaqtida
Quruvchilar ish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi o‘zining Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida Krasnoyarsk va Kemerovo viloyatlarida bo‘lib, u yerda nodavlat ijtimoiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Noyabrning 1-10 sanalarida Mehnat vazirligi delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrifdan maqsad chet davlatlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaat va huquqlarini himoya qilish hamda noqonuniy migratsiya masalalariga chek qo‘yishdir.

Migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi masalalarini muhokama qiladi

Xususan, delegatsiya Krasnoyarsk o‘lkasida bo‘lib u yerda “O‘zbekistonliklar hamdo‘stligi” ijtimoiy tashkiloti vakillari bilan uchrashdi. Ushbu tashkilot Krasnoyarsk o‘lkasida ishlayotgan O‘zbekistonliklarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatib, ularning yangi joyga moslashishiga yordam beradi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy tashkilot raisi Oleg Krukov tashkilotning Krasnoyarskda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga har tomonlama yordam ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash borasida olib borilayotgan faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Bu borada O‘zbekiston Mehnat vazirligi bilan hamkorlik qilish ular faoliyatining samarasini yanada oshirib, muammolarni tezroq hal qilish va oldini olish imkonini beradi”, — dedi Krukov.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “O‘zbekistonliklar hamdo‘stligi” tashkiloti huzurida migrantlarning malakasini oshirish va mahalliy sharoitga moslashtirish o‘quv-tayyorlash kurslari tashkil qilishga kelishib olindi. Ushbu chorlar bozor talabi o‘zgarishiga qarab kerakli mutaxassislar tayyorlash va malakali mutaxassislar soni oshishiga xizmat qiladi.

O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari estremist yollovchilar nishonida

Shuningdek, O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi va Kemerovo shahrida bo‘lib u yerda ham “O‘zbek mahalliy milliy-madaniy avtonomiyasi” ijtimoiy tashkilot  vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Tashkilot rahbari Rustambek Xalberdiyevning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston fuqarolari uchun doimiy ravishda O‘zbekiston hukumati madaini his qilib turish juda muhimdir.
Uchrashuv yakunida Kemerovo viloyatida migrantlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish, maslahat berish, turli muammolarni hal qilish maqsadida maxsus telefon raqami ishga tushirishga k yelishib olindi. Mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida protokol imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0