Mehnat migrantlari estremist yollovchilar nishonida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishO‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar
O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyo fuqarolari o‘zga mamlakatlarda bo‘lgan vaqtlarida, ko‘p hollarda ekstremist tashkilotlar safiga yollanish xavfiga duch kelmolqda.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rossiya va sobiq Ittifoqning boshqa mamlakatlariga nisbatan ochik-oydin axborot urushi olib borilmoqda, deydi MDH Antiterror markazi rahbari Andrey Novikov.

Ekstremistik mazmundagi elektron axborot manbaalarining 90% chet davlatlarda joylashgani va Rossiya  OAVlariga, xususan Russia Today va Sputnik axborot agentligi faoliyatiga nisbatan ko‘rsatilayotgan qarshilik buning dalili bo‘lishi mumkin.

Mahalliy OAVlarga nisbatan olib borilayotgan faol qarshilik oxirgi yillarda MDH maxsus xizmatlari faoliyatida oldingi qatorga chiqmoqda.

MDH Antiterror qo‘mitasi markazi xabariga ko‘ra, ekstremits tashkilotlar safiga yollanish xavfiga, ko‘p hollarda, Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari duch kelmoqda. MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari  ushbu holatga qarshilik ko‘rsatish uchun birgalikda faoliyat olib bormoqda.

"Masalan, O‘shda 5 kishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ID a’zolari mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtida ijtimoiy tarmoq orqali ekstremistlar safiga yollangan", — deydi Novikov.

Bugungi kunda pisxiologik bosim ko‘rsatishning yangi uslublari qo‘llanmoqda. Bunday uslublar terrorchi tashkilotlarida doimiy ishlayotgan psixiologlarga qisqa vaqt ichida terrorchilar tayyorlash imkonini beradi.

Kishan solingan qo‘l - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ekstremist Sankt-Peterburgda hibsga olindi

"Xalqaro terrorchi va ekstremist tashkilotlar faoliyati zamonaviy axborot urushlari  bilan chambarchas bog‘liq. Axborot urushlari esa gibrid urushlarning bir qismi bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammo allaqachon siyosiy xavfsizlikka jiddiy tahdid solish darajasiga yetgan", — deydi Novikov.

Terrorchilar maqsadi umuminsoniy xarakterga ega bo‘lmoqda. Ular butun boshli mamlakatlarni muvozanatdan chiqarmoqda. Masalan, "Xizb-ut-Tahrir" ekstremistik tashkiloti mafkurasi asosida konstitutsion hukumat o‘rniga diniy  diniy boshqaruv o‘rnatish g‘oyasi yotadi.

Yangi ruhiy boshqaruv uslublari bilan bir qatorda axborot sohasida qarama-qarshilik qilishning yangi uslublari ham paydo bo‘lmoqda. Bugungi kunda MDH maxsus xizmatlari  kiberxavflarga qarshilik ko‘rsatishning yangi uslublarini ham o‘ylab chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0