TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Sputnik.Mneniya Sputnik radiosi va axborot agentliklari talabiga binoan Ifop kompaniyasi yordamida o‘tkazgan izlanishlarga ko‘ra, Fransiyaning (56%), Ispaniyaning (55%), Italiyaning (53%), Germaniyaning (50%), Polshaning (47%) va Britaniyaning (36%) aholisi Xillari Klintonni AQShning navbatdagi prezidenti sifatida ko‘rishni istaydi. Ayni damda AQSh aholisi Donald Tramp va Xillari Klintonga teng miqdorda qo‘llab-quvvatlamoqda.
AQSh va Yevropa aholisi fikrining bunday keskin farq qilishi xalqaro OAVlar tomonidan Klinton foydasiga olib borilayotgan axborot kampaniyasi bo‘lishi mumkin. Turli manbaalarda (1, 2, 3) olib borilgan so‘rovlarga ko‘ra “amerikaliklarning aksariyati OAVlar Xillari Klintonni prezident bo‘lishini qo‘llab-quvvatlayotganiga ishonadi”.
Yevropa ekspertlarining aksariyati ham ushbu nuqtayi nazarni qo‘llab quvvatlashmoqda.
Ksavye Moro (Xavier Moreau), geopolitika haqidagi veb-sayt redaktori: “Bunga hech qanday shubha yo‘q. Klinton – tizim nomzodi. G‘arb OAVlari bo‘lsa ushbu tizimni qo‘llab-quvvatlamoqda”.
Diana Djonston (Diana Jonhstone), amerikalik yozuvchi va jurnalist: «Fransiyadagi sshrov natijalari menga ancha sust ko‘rindi. OAVda Klinton foydasiga olib borilayotgan targ‘ibotni hisobga olganda, bor-yo‘g‘i 56% Xillari uchun ovoz bergani, bu Fransuzlarning targ‘ibotga “dosh berish” qobiliyatidan darak beradi”, — dedi.
Fransua-Bernar Yuig (François-Bernard Huyghe), kommunikatsiyalar borasida ekspert, Fransiyadagi saylov natijalariga nisbatan: “Bu Xillarini himoya qilish emas, balkim “AksilTramp” targ‘ibot. Fransiya OAVlari doimiy ravishda Trampni ayollarni kamsitishda, qo‘pollikda, tajovuzkorlikda ayblab turgan vaqtda, bu ayblovlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qaramasdan, fransuzlarda Trampdan yuz o‘girgan. Men, yuqoridagilarni hisobga olgan holda, fransuzlarning 90% Trampga qarshi bo‘lmaganidan hayronman”.
Yevropaliklar orsida ushbu nomzodlarning birortasini ham prezident sifatida ko‘rishni istamayotganlar ham bor. Ushbu ko‘rsatkich ayniqsa Buyuk Britaniyada yuqori – 46%, Germaniyada 40%, Ispaniyada – 31%, Italiyada – 30, Fransiya va Polshada esa – 26% dan.
“AQShning navbatdagi prezidenti sifatida kimni ko‘rishni istagan bo‘lar edingiz” degan savolga Ispaniyaliklarning 3%, nemislarning 4%, fransuzlarning 5%, polyaklarning 6%, Italiyaliklarning 8% va Britaniyaliklarning 10% — AQSh prezidenti sifatida, Donald Trampni qo‘llab quvvatlashdi.
"Bilmadim" deb javob berganlar soni Germaniyada — 6%, Britaniyada — 8% Italiyada — 9%, Ispaniyada — 11%, Fransiyada — 13% va Polshada — 20% ni tashkil qildi.
So‘rov 22-26 oktabr kunlari Sputnik radiosi va axborot agentligi buyurtmasiga binoan IFop izlanishlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. So‘rovda Germaniyadan (1000 kishi), Italiyadan (1002 kishi), Fransiyadan (1004 kishi), Ispaniyadan (1001 kishi), Polshadan (1012 kishi) va Buyuk Britaniyadan (1012 kishi) ishtirok etdi.
So‘ralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. So‘rov xatolik ehtimoli 3,1%ni, ishonchlilik ehtimoli esa – 95% ni tashkil qiladi.
Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi.
Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.