TOShKENT, 13 sen – Sputnik, Dmitriy Kosirev. AQShda demokratlar va respublikachilar partiyalari nomzodlari orasida prezident kursisi uchun raqobat ayni avjigan chiqqan bir vaqtda Xillari Klinton Gugl yordamida qanday muttahamlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Sputnik.
Mett Liberman ismli fuqaro qidiruv tizimiga “Xillari Klinton” so‘zi bilan so‘rov kiritganda Gugl unga allaqanday g‘alati, Klintonni maqtovchi javoblar berayotganinini payqab qolgan va bu haqida youtubeda videomurojaat joylashtirgan.
Klinton va Tramp orasida shiddatli saylov kampaniyasi ketayotgan vaqtda, bu shunchaki tasodif bo‘lishi mumkin emas, albatta. Liberman o‘z videosida demokratlar partiyasining Klintonlar oilasi va Pentagon bilan uzoq vaqt davom etayotgan do‘stligi saba bo‘lishi mumkin deyilgan.
Ko‘pchilik Guglning “gap o‘rgatuvchi” funksiyasini yaxshi biladi. Ushbu funksiya tez-tez qidirilayotgan jumla va iboralarini eslab qolib, yangi kiritilayotgan so‘rovlarga eng ommaviy bo‘lgan jumlalarni avtomatik ravishda taklif qiladi. Odatda, bu juda qulay bo‘lib u foydalanuvchining vaqtini tejashga xizmat qiladi.
Misol uchun, siz Gugl qidiruv tizimiga “Uzbekistan” deb yoza boshlasangiz Uzbekistan airways, O’zbekiston yangiliklari, “Uzbekistan Rio 2016” kabi jumlalarni taklif qiladi.
Bugungi kunda barcha qidiruv tizimlari shunday xususiyatga ega. Lekin “Xillari Klinton” iborasini izlamoqchi bo‘lgan AQShlik foydalanuvchilar g‘alati tasodiflarga duch kelgan. “Xillari…” deb yoza boshlagan kishiga “Xillari Klinton prezident”, “Xillari Klinton saylovlarda g‘olib chiqdi”, “Xillari Klinton bizning yoqimtoyimiz” degan iboralar taklif qilingan.
Mutaxassislar buni Gugl tomonidan amalga oshirilgan jiddiy muttahamlik deyishmoqda. Chunki shunday yo‘l bilan Gugl foydalanuvchilar fikrini boshqarishga uringan. Xususan, Xillari haqida yomon gaplardan uzoqqa olib ketib, faqat ijobiy ma’lumotlarni foydalanuvchi “burni ostiga" tiqishtirgan.
AQShda ommaviy bo‘lgan Bing yoki Yahoo qidiruv tizimlarida bunday "tasojiflar" aniqlanmagan.
Bundan xulosa faqat bitta bo‘lishi mumkin – Gugl korporatsiyasida kimdir Xillariga yordam bermoqda. Buning uchun alohida maxsus dastur tuzilgan, deydi Garvard universiteti professori Robert Epstayn.
Shu o‘rinda, Xillarining raqibi bo‘lgan Donald Tramp haqida ma’lumot qidirilganda Gugl “Trump dump” (axmoq), “Trump dead” (o‘lgan) kabi iboralarni foydalanuvchiga taklif qilingan.
Ushbu mojaro 2016-yilning bahorida aniqlangan bo‘lishiga qaramasdan Google korporatsiyasi buni tan olmagan.
Shundan keyin, professor Epstayn boshchiligidagi guruh xufiya tekshiruv ishlarini boshlangan. Firibgarlarni qo‘li bilan ushlash uchun ular turli shtatlarda joylashgan turli kompyuterlardan Gugl qidiruv tizimiga kerakli iborani kiritib komyuter ekranini suratga tushirishgan (skrinshot). Natijada, muttahamlik bundan ham besh battar avj olgani aniqlangan.
Hozirgi zamonda, har bir fuqaro o‘zi doimiy foydalanib kelayotgan qidiruv tizimining “asiriga” aylangan. Qidiruv tizimi foydalanuvchi berayotgan so‘rovlar asosida uning portretini tuzadi va kelajakda o‘zining “gap o‘rgatuvchi” funksiyasini shunga moslaydi. Undan tashqari tuzilgan portretga qarab sizga qiziq bo‘lgan, yoki Gugl sizga yetkizmoqchi bo‘lgan turli ma’lumotlar, reklama, biror mavzudagi yangiliklarni “gap o‘rgatuvchi” funksiyasi orqali foydalanuvchi “burni ostiga” suqiladi.
Professor Epstayn psixolog sifatida bunday “gap o‘rgatuvchi” millionlab saylovchilar fikriga ta’sir qilishi mumkin deydi. Eslatib o‘tamiz, Gugldan dunyoning 90% internet foydalanuvchilar foydalanadi.
Professor va uning hamkasabalari aniqlagan ma’lumotga ko‘ra, qidiruv tizimlari “gap o‘rgatuvchi” funksiyasi yordamida foydalanuvchilarni “bo‘yniga ip solingan itdek” yetaklab yurishi mumkin. Buni “Qidiruv tizimlarining manipulyatsiya xususiyati” (SEME) deyiladi. U shunday yasalganki, “Gap o‘rgatuvchi” funksiyasini o‘chirib qo‘yishning ham iloji yo‘q. Oldin bu oddiy vaqtni tejovchi yordamchi bo‘lgan bo‘lsa, hozir “gap o‘rgatuvchi”ning asosiy vazifasi – manipulyatsiya qilish, ya’ni odamlar ongi va xulqini boshqarishdir.
Bugungi kunda bu nafaqat AQSh sayloviga taaluqli. Dunyodagi 90% internet foydalanuvchilar foydalanishini hisobga olganda, Gugl SEME orqali 25% saylovchilar fikriga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ushbu foiz yil sayin oshib bormoqda.
Eng qizig‘i, Googleni buning uchun javobgarlikka tortishni ham iloji yo‘q, chunki bunday jinoyatlar uchun jazo hali qonunda yozilmagan.