Assanj: Klinton "Islom davlati" Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilishini aytgan

© AFP 2023 / Brendan SmialowskiAQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton
AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2014 yil boshida, yaqindagina AQSh Davlat kotibi lavozimini tark etgan Xillari Klinton saylov kampaniyasi raisi Jon Podestga yo‘llagan maktubida "ID" Saudiya Arabistoni hamda Qatar davlatlari hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishini aytib o‘tgan

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning shaxsiy yozishmalarida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishi mazmunidagi ta’kidlar bor, deb xabar qilgan WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj. RIA Novosti xabari asosida.

Djulian Assanj Xaliaro mediaforum bilan aloqada - Sputnik O‘zbekiston
Djulian Assanj 21-asrda so‘z erkinligi va AQSh hukumatining Google bilan hamkorligi haqida
"2014 yil boshlarida, yaqindagina AQSh Davlat Kotibi vazifasidan bo‘shagan Xillari Klinton o‘z saylov kampaniyasi raisi Jon Podestga yo‘llagan bir maktub bor. Elektron maktubda "ID" Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishi haqida gap borgan", — deb ta’kidlagan Assanj.

Assanj, shuningdek, Klintonning maktublarida AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qurol-yarog‘lar sohasida tuzilgan yirik — umumiy summasi 80 milliard dollardan oshadigan shartnoma haqida ham jiddiy muzokaralar borligini qo‘shimcha qilgan. "Uning faoliyati davomida AQShdan bo‘ladigan qurol-aslahalar eksporti dollar ekvivalentida naq ikki barobarga ortgan", — deb aytgan WikiLeaks asoschisi.

Klinton fondiga pul o‘tkazadigan odamlar "Islom davlati"ni  ham moliyalashtiradimi, degan savolga Assanj "Ha", — deya javob qaytragan.

Yangiliklar lentasi
0