Duv-duv gap: Kattaqo‘rg‘on Islomobod etib o‘zgartiriladimi?

© Sputnik / StringerSamarqand shahri
Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ayni kunlarda keng ko‘lamli qurilish va qayta ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shahar aholisi bu singari o‘zgarishlar bejizga emas, Kattaqo‘rg‘on - Islomobod etib o‘zgartirilishi mumkin, degan fikrda

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. "Kattaqo‘rg‘onda o‘tgan haftadan buyon shahar tez orada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga Islomobod nomini olarmish degan duv-duv gap yuribdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Islom Karimov tug‘ilgan shahar haqida nimalarni bilasiz?
Bir kattaqo‘rg‘onlikning aytishicha, ayni vaqtda shaharda keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Jumladan, yo‘llar asfalt qilinmoqda, gullar ekilmoqda, binolar ta’mirdan chiqarilmoqda, hattoki bir necha yillardan buyon bitkazilmayotgan inshootlar qurilishi tezlashtirilgan.

Asosiy e’tibor esa dramteatr binosiga qaratilgan: ancha yillardan buyon achinarli ahvolda bo‘lgan binoda jiddiy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, barcha ishlar nihoyasiga yetkazilgach, drama teatri binosida yirik uchvrashuvlar, hatto oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilarmish.

"Hammaning og‘zida bir gap: ishlar qanday borayotganini shaxsan nazorat qilish uchun shahrimizga o‘ninchi chislolarda  Mirziyoyev kelarmish. Ayni vaqtda viloyat hokimining o‘zi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi jarayoniga shaxsan bosh-qosh bo‘lib turibdi. Viloyat bo‘yicha, Islom Karimovning ona shahri — Samarqanddan keyin Kattaqo‘rg‘on turadi. Shu bois, bu mish-mishlar shunchaki emasmi, degan fikrga borapman-da", — deb o‘z fikri bilan bo‘lishdi kattaqo‘rg‘onlik suhbatdosh.

Shahar aholisi orasida bolalab ketgan gaplarda qanchalik jon borligini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha esa ta’mirlash ishlari qizg‘in pallada ekanligi ayni haqiqat.

Shu bilan birga, Kattaqo‘rg‘on shahrining nomi o‘zgartirilishi yoxud respublika xaritasida Islomobod nomli yangi obyekt paydo bo‘lishi to‘g‘risida rasman hech qayerda ma’lum qilingani yo‘q.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan ataladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasi doirasida respublika viloyatlari bo‘ylab safarlarni boshlab yuborgan edi. U bir nechta regionlarda, shu jumladan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham bo‘ldi. Hukmron partiyadan prezidentlikka nomzod shunchaki tashviqot o‘tkazish uchun ham Kattaqo‘rg‘onga tashrif uyushtirishni rejalashtirgan bo‘lishi ham mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Sputnik O‘zbekiston voqea rivojini kuzatib boradi va birinchilardan bo‘lib bu haqda xabardo qiladi.

Yangiliklar lentasi
0