Atambayev qirg‘iz jurnalistlarini o‘z ismi tushirilgan soatlar bilan taqdirladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti so‘nggi besh yil ichida mamlakat "tamomila boshqacha ko‘rinish olgani" va bunda OAV xodimlari o‘rni benazir ekanligini ta’kidladi

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillarini yaqinlashib kelayotgan (7 noyabr) kasb bayramlari bilan tabriklab, eng mohir jurnalistlarni o‘z ismi tushirilgan soat hamda pul mukofoti bilan taqdirladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev OAV xodimlarini mukofotlar ekan, jurnalistikaning mamlakat va butun dunyoda tutgan o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

© SputnikAtambayevning ismi tushirilgan soatlar
Atambayevning ismi tushirilgan soatlar - Sputnik O‘zbekiston
Atambayevning ismi tushirilgan soatlar

"Fikrimcha, men sizlarni hamkasblarim, deb ham atashim mumkin, negaki men hamisha so‘z kuchini va ahamiyatini anglab kelganman", — deya o‘z nutqini boshladi Atambayev.

U shuningdek, matbuot xodimlari bilan bo‘lib o‘tadigan har bir uchrashuv o‘zi uchun nihoyatda muhimligini qo‘shimcha qildi.

RF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Putin Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi
"Axborotga ega inson dunyoni boshqaradi, deb bejizga aytilmagan. Bugun axborot qurolga aylandi. So‘z bilan insonni ilhomlantirish, unga umid bag‘ishlash mumkin, ammo so‘z bilan odamni "majruh"ga aylantirish, hatto, "o‘ldirish" ham hech gapmas", — deb qayd etdi Qirg‘iziston prezidenti.

Atambayevga ko‘ra, Qirg‘izistonda, hech narsaga qaramasdan, eng kuchli ommaviy axborot vositalari bo‘lmog‘i kerak. "Ular soni ko‘proq bo‘lgani ma’qul", — dedi u.

"Qirg‘izistonliklar o‘z davlatiga ishonishni boshladi. So‘nggi besh yil ichida mamlakatimiz tamomila o‘zgardi, va bunda sizlarning xizmatlaringiz singgan", — qo‘shimcha qildi prezident.

Atambayev shuningdek, jurnalistlarni mamlakatga yordam qilishga va uni rivojlantirishga ko‘maklashishga chaqirdi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - 60 yoshda: Qirg‘iziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
"Eng muhimi, hamma jurnalistlar vijdonli bo‘lsin, to‘g‘ri bo‘lishsin, to‘g‘ri yurishsin. Agar or-nomusli bo‘lsangiz, iflosliklar sizga yopishmaydi. Bizning mamlakatimiz kuchli, xalqimiz kuchli. Biz borayotgan yo‘limizdan og‘ishmasligimiz kerak. Men sizlar bilan faxrlanaman va sizlarni bayram bilan tabriklash men uchun sharaf", — deb qayd etdi Atambayev.

Qirg‘iziston rahbari OAV xodimlariga, shuningdek, baxt, farovonlik va uzoq umr tiladi.

Yangiliklar lentasi
0