Atambayev - 60 yoshda: Qirg‘iziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik Qirg‘iziston nashri Almazbek Atambayev tomonidan uning davlat rahbari sifatida 5-yillik faoliyati davomida aytilgan eng "jo‘shqin" jumlalarini to‘pladi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston prezidenti Albazbek Atambayev 60 yoshni qarshi oldi. Atambayev o‘z yubileyini sammitdan so‘ng Bishkekda qolgan MDH bo‘yicha hamkasblari davrasida nishonlamoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev: o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farrosh bo‘lgan afzal
Bundan sal oldin Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Atambayevga uchta sovg‘a hozirlab qo‘yganini, undan bittasi davlat tomonidan bo‘lishini aytgan edi.

Sputnik Qirg‘iziston nashri esa o‘z prezidentini antiqa tarzda tabriklashga qaror qildi. Nashr Albazbek Atambayev tomonidan uning prezidentlik faoliyati davrida aytilgan eng samimiy va "jo‘shqin" jumlalarni to‘pladi.

— Men-ku, mayli, yaqinda 60ga to‘laman, o‘lishdan qo‘rqmayman.

— Men nima deyman? Kamchiliklarim juda ko‘p, afsus… Onam meni shunday tuqqan.

— Hayvonlar — bu yaxshi. Bu yordam beradi. Agar imkon bo‘lsa, uyda hayvon ushlash kerak. Bu hayot "chandiq"laridan qisman xalos bo‘lishga xizmat qiladi.

— Sizning asosiy vazifangiz — yoshlik yillarini isrof qilish emas, balki iloji boricha ko‘proq ilm va tajriba orttirishdir. Bugun siz o‘z hayotingiz poydevorini qurapsiz. Yomon poydevordan yaxshi uy qurib bo‘lmaydi.

— Men ko‘cha supuruvchi, o‘t yoquvchi, yuk tashuvchi va sug‘oruvchi bo‘lib ishlaganman. Mehnatning aybi yo‘q. O‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farrosh yoki ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan afzal. Hech qachon mehnatdan or qilmang!

— Men baribir ketapman, ortimdan nima desangiz ham mayli.

— Atambayevning o‘zi ham, farzandlari ham, uning yaqinlari ham o‘g‘rilik qilmaydi. O‘g‘ri bo‘lishganda shaxsan o‘zim qamoqqa tiqardim.

— Nafaqaga chiqqanimda, to‘yib uxlayman, mutolaa bilan mashg‘ul bo‘laman. Bir umr pianino chalishni o‘rganishni orzu qilganman. Davlatimizni kuzataman. Siyosatdan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qilaman.

— Mana shunday vaziyateyshn.

— Xuddiki sassiq, juda ham sassiq axlatni bosib olganday his qilyapman o‘zimni…

— Din mohiyati — bu ezgulik. Boshingizga kerak bo‘lsa etik kiyib yurmaysizmi, faqat hech kimni portlatmang…

Yangiliklar lentasi
0