Mirziyoyev mansabdorlarga fuqarolarni har kuni qabul qilishni buyurdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha davlat organlari rahbarlariga aholi va tadbirkorlar uchun ertalab 8 dan 11 gacha shaxsiy qabullarni tashkil qilish yuklatildi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston davlat organlari rahbarlari har kuni kunning birinchi yarmida fuqarolarni shaxsan qabul qilishlari shart. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bu borada tegishli qaror imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Hujjatga asosan barcha davlat organlariga aholi va tadbirkorlar uchun kunlik soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabullarni tashkil qilish, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashni tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularning muammolari va e’tirozlarini joyida hal etish, aholi bilan ishlash madaniyatini oshirish yuklatildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlardagi masalalar yuzasidan qayta murojaatlar kelib tushgan holatda, takroriy murojaatga yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish tavsiya etildi.

Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxona ishiga mas’uliyatsiz qaraganlarga chora ko‘rilmoqda

Davlat organlariga o‘z saytlari faoliyati hamda internet va mavjud ishonch telefonlari orqali murojaatlarni qabul qilish mexanizmini yaxshilash topshirig‘i berildi. Barcha bo‘g‘inlardagi mahalliy hokimiyatlarga uch hafta muddatda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda joylarda xalq qabulxonalarini tashkil etish maqsadida shahar va tumanlar markazlarida namunali ko‘rinish hamda aholi kelishiga qulay bo‘lgan binolarni ajratib, ularga barcha sharoitlar yaratilishini ta’minlash va bir oy muddatda mahalliy hokimlik tizimidagi tegishli davlat organlari bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xalq qabulxonalarining samarali va doimiy faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasi tashkil etilganidan keyin o‘tgan bir oy ichida respublikaning barcha hududlaridan jami 77,1 mingta murojaat kelib tushgan. Jami murojaatlardan 20,9 mingtasi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida, 33 mingtasi ijroga yuborilgan, 23,2 mingtasi hal etilgan.

Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxonaga eng ko‘p shikoyat Toshkentdan tushmoqda

"Qisqa muddatda elektron qabulxonaga ko‘p sonli murojaatlarning kelib tushishi joylardagi, ayniqsa shahar va tuman miqyosidagi mutasaddi rahbarlar xalqning taklif va muammolari bilan qiziqmasligini, aksariyat hollarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga e’tiborsiz ekanligini ko‘rsatdi", — deyiladi qarorda.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining Apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklatildi.

Bosh vazirning elektron qabulxonasi shu yilning 24-sentabrida ish boshlagandi. Foydalanuvchilar maxsus shaklni to‘ldirib, qabulxonaga o‘z murojaat va arizalarini, shikoyat va takliflarini yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, murojaatlar 1000 qisqa raqami orqali ham qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0