Virtual qabulxona ishiga mas’uliyatsiz qaraganlarga chora ko‘rilmoqda

© SputnikVirtual qabulxona sahifasi
Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vaziriga aybdor mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish topshirildi, Pop tumani hokimiga hayfsan e’lon qilindi

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga o‘z taklif va shikoyatlari bilan murojaat qiluvchi fuqarolar soni oshib borgani sayin, ushbu murojaatlarga o‘z vaqtida javob berilishi hamda hal qilinishi yuzasidan nazorat ham kuchaytirilmoqda. Har bir murojaat qat’iy nazoratga olinib,  fuqarolarning murojaatlariga nisbatan befarqlik bilan qaragan mas’ul shaxslar jazoga tortilmoqda.

Bunga virtual qabulxonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etilayotgan ma’lumotlar orqali ham ishonch hosil qilish mumkin.

Sahifada ma’lum qilinishicha, fuqarolarning murojaatlari borasida mas’uliyatsizlik bilan yondashgan mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda.

Virtual qabulxona sayti - Sputnik O‘zbekiston
Mirobod tumani hokimiga hayfsan berildi va bir mansabdor ishdan bo‘shatildi

"Mehnat vaziri (Abduxakimov)ga Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi U.Mairovaning murojaatini telefon orqali bog‘lanish imkoni bo‘lmaganligi bahonasi bilan anonim deb topilishiga sababchi bo‘lgan hamda masalani uzil-kesil hal qilish chorasini ko‘rmagan vazirlik mas’ul xodimini aniqlash bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish va aybdor mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish topshirildi", deyiladi sahifadagi xabarda.

Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani hokimi (Yuldashev)ga elektron qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarni hal qilishda tegishli hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e’lon qilinganligi ham ma’lum qilingan.

Bu choralar fuqarolarning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bilan birga hech bir murojaat bee’tibor qolmayotganligini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0