Virtual qabulxonaga eng ko‘p shikoyat Toshkentdan tushmoqda

© Sputnik / StringerMirziyoyevning virtual qabulxonasi
Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Xudayarovga murojaatlarni hal etishda sansalorlikka yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e’lon qilindi

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Bosh vazirning elektron qabulxonasiga eng ko‘p shikoyat va ariza Toshkent shahridan tushgan.

Shu sababli Toshkent shahar hokimi Usmonovga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga aholi va tadbirkorlardan eng ko‘p ariza va shikoyatlar tushganligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish muddatlarini asossiz buzilishiga yo‘l qo‘yganligi ko‘rsatib o‘tildi hamda murojaatlarni vaqtida va qonuniy hal etilishi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, sahifada bildirilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Xudayarovga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga Urganch va Qo‘ng‘irot tumanlarida yashovchi 1-guruh nogironlari Yu.Jumaniyozova va D.Maxmurovalardan kelib tushgan murojaatlarni hal etishda sansalorlikka yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e’lon qilindi.

Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxona ishiga mas’uliyatsiz qaraganlarga chora ko‘rilmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyovning Virtual qabulxonasi shu yilning 24-sentabr kuni ishga tushgandi. Virtual qabulxona faoliyati boshlangandan keyingi birinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi, ikkinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan ortdi, uchinchi haftada esa o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 tadan ortdi, to‘rtinchi hafta oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 tadan ortdi. 22-oktabr kuni umumiy murojaatlar soni 70 mingdan ortdi.

Shu bilan birga aholidan tushgan ariza va shikoyatlarga beparvolik bilan qaragan mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0