Turkmaniston prezidenti Moskvadan nima umid qilmoqda

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGurbanguli Berdimuxamedov
Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmanistonda bugun mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda ekspert Aleksandr Karavayev ushbu tashrif sabablari va mohiyati haqida xulosa qildi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Bugun 1-noyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Moskvaga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar qilgan edik.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Turkmaniston prezidenti Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Eslatib o‘tamiz, bu Turkmaniston rahbariyatining 2011-yildan buyon Rossiyaga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifidir. So‘nggi tashrif 2011-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Uchrashuvda turkman gazini Rossiyaning yirik korxonalari tomonidan sotib olish, Turkmanistonga kredit ajratish va uni hududiy integratsion loyihalar YeOII, KXShT va "Kaspiy guruhi" tashkilotlariga a’zo bo‘lish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Gaz masalasi

Ekspertlar fikriga ko‘ra, uchrashuvda turkman gazi sotib olish masalasi yana bir bor ko‘tariladi va shuningdek Rossiya Turkmanistonga kredit berish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Sobiq Ittifoq hududini o‘rganish Markazi bosh direktori Aleksandr Karavayevning fikriga ko‘ra, Rossiya gazni sotib olishni yana boshlashi uchun nafaqat iqtisodiy kafolatlar balkim Turmaniston Rossiyaning hududiy integratsion YeOII va xavfsizlik KXShT kabi loyihalariga yanada diqqat bilan qaragan holdagina amalga oshirilishi mumkin.

Axshobod bugungi kunda murakkab iqtisodiy va moliyaviy ahvolda. Buni Turkmaniston olgan kreditlari uchun to‘lovlar amalga oshirmayotganiligidan bilsa bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi uchrashuvda Rossiya tomonidan kredit ajratish yoki "Gazprom" va "Rosneft" kabi yirik kompaniyalar tomonidan turkman gazini qayta sotib olishni boshlash masalalari muhokama qilinishi aniq, deb hisoblaydi ekspert

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 1-yanvaridan boshlab "Gazprom" "Turkmangaz" bilan tuzgan shartnomasini bekor qilgan edi. Rossiya korxonasi ma’lumsotiga ko‘ra buning sababi "Turk"angaz" tomonidan kelishilgan shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzilishi bo‘lgan.

Aynan ushbu voqealardan keyin Rossiyaning "Gazprom" xoldingi "O‘zbekneftegaz" bilan 4 mlrd kubometr gaz sotib olish haqida shartnoma imzolagan edi.

Xavfsizlik va hamkorlik

Karavayevning so‘zlariga qaraganda, uchrashuvda iqtisodiy muammolardan tashqari O‘rta Osiyo hududida xavfsizlkni saqlash va Turkmaniston bilan harbiy sohada hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

"Yaqinda Rossiya-Pokiston maxsus qo‘shnlar o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan  edi. Pokiston va Rossiyani hech qandayo harbiy munosabatlar yokki ittifoq birlashtirmasada, harbiy ssohada hamkorlik tiklana boshlagani ko‘rinib turibdi. Shunday ekan, neytral maqomiga qaramasdan, Turkmanistonga ushbu tashabbuslarga qo‘shilishga nima xalal bermoqda? Agar Turkmaniston dunyoning egng xavfsiz hududida joylashgan bo‘lsa boshqa gap edi. Axir u Afg‘oniston va Eronning yonida-ku", — dedi ekspert.

Shuning uchun ham Ashxobod, bugun vaziyat tinch bo‘lishiga qaramasdan, kelajakda  biror xavf-xatar yuz berganda qanday yo‘l tutish kerakligini oldindan o‘ylab qo‘yishi kerak.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Turkmaniston yetakchisi "umrbod prezident" bo‘lishi mumkin

Turkmaniston Rossiyaning ayrim hududlari va ularning rahbarlari bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Masalan, Tatariston  prezidenti Rustam Minnixanov. Turkmanistonning Tataristonning "KamAZ", "Tatneft", "Qozon vertolet zavodi" kabi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilinmoqda.  

Turmaniston "KamAZ" zavodining eng yirik xaridorlaridan biri. Undan tashqari Turmaniston yonilg‘i va energetika sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor bermoqda.

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti Rossiyaning Astraxan viloyati rahbariyati bilan ham ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Kaspiy guruhi

Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan besh mamlakat — Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston  va Turkmaniston  Kaspiy dengzi huquqiy maslalarini doimiy ravishda muhokama qilib kelishmoqda. Kaspiy dengizining huquqiy holatiga doir savollar SSSR tarqalib ketganidan keyin vujudga kelgan edi.

Turkmanistonda saylov

Turkmanistonda 24oktabr kuni prezident saylovi kampaniyasi boshlangan edi. Davlat rahbari saylovi kuni 2017-yilning 12-fevraliga belgilangan.

Bu safargi prezident saylovi o‘tgan saylovdan farq qiladi. Ushbu yilning 14-sentabridan boshlab Turkmanistonda yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra prezident vakolati muddati 5-yildan 7-yilgacha uzaytrildi va prezident nomzodinining yosh 70 bilan cheklash haqidagi bo‘lim bekor qilingan edi.  

Turkmaniston prezidenti saylovida uch partiya ishtirok etadi: Turkmaniston Demokratik partiyasi, Sanoat va Tadbirkorlar partiyasi, va Agrar partiyalar ishtirok etmoqda.

Turkmanistonning bugungi prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 59 yoshda bo‘lib u mamlakatni 2007-yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0