TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Bugun Putin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan Moskvada uchrashadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
"Birinchi noyabr kuni, Rosssiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Rossiyaga ishchi tashrif bilan keladi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu 2011-yildan buyon Turkmaniston prezidentining Rossiyaga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifi bo‘lmoqda. Turkmaniston rahbariyati Rossiyaga so‘nggi marta 2011-yilning dekabr oyida kelgan edi.
Uchrashuv davomida ikki malakat hamkorligining eng asosiy va dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Turkman gazini sotib olish, Turmanistonga kredit ajratish, Turkmanistonning hududiy integratsion loyihalar YeOII, KXShT va "Kaspiy guruhi" tashkilotlariga a’zo bo‘lish hamda Turkmanistonda prezident saylovi o‘tkazish masalalari shular jumlasidan.