Ekspert: AQSh uchun O‘zbekistondan qiziqroq davlat yo‘q

© Foto: KazinkomAkejan Kajegeldin
Akejan Kajegeldin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marhum Islom Abdug‘aniyevich o‘zgalarning qizil gilamlarida kam yurgan va aksincha, boshqalar uning oldiga kelishardi. Hozirda yangi rahbariyat ham xuddi shu yo‘ldan boradi degan tasavvur uyg‘onmoqda

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. AQShning yangi prezidenti o‘z e’tiborini O‘zbekistonga qaratadi, dedi Qozog‘iston sobiq bosh vaziri Akejan Kajegeldin "Novaya gazeta"ga bergan intervyusida, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

AQShdagi saylovlar Markaziy Osiyoda qanday aks etishi haqida so‘zlarkan, Kajegeldin yaqinda Senatning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegatsiya Vashingtonga tashrif buyurganiga e’tibor qaratdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi ko‘plab kuzatuvchilar O‘zbekistonning yangi rahbariyati o‘zining siyosiy kelajagi borasida to‘g‘ri qadam tashlayotganligini e’tirof etishmoqda.

Dmitriy Abzalov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyo atrofida birlashishi AQSh uchun qo‘rqinchli tush

"O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi ketmoqda, uning natijasini oldindan aytish mumkin. E’tibor bering, O‘zbekiston saylovlarni kuzatish uchun G‘arbdan kuzatuvchilarni taklif etdi. Saylov hech qanday soxtalashtirishlarsiz o‘tishiga Toshkentning ishonchi komil. O‘zbekiston hudud yetakchisiga aylandi va Markaziy Osiyo, birinchi navbatda Afg‘oniston va Pokistonda barqarorlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan xalqaro tashkilotlar hamda ittifoqlar O‘zbekistonga suyanadi", — dedi siyosatchi.

Uning fikricha, davlatchilikni bosqichma-bosqich shakllantirgan O‘zbekiston hududda jiddiy hamkor bo‘la olishini isbotladi. Bundan tashqari, mamlakat o‘zining geografik joylashuvi bilan ham maqtanishi mumkin.

"Marhum Islom Abdug‘aniyevich o‘zgalarning qizil gilamlarida kam yurgan va aksincha, boshqalar uning oldiga kelishardi. Hozirda yangi rahbariyat ham xuddi shu yo‘ldan boradi degan tasavvur uyg‘onmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatda hech qanday bloklarga qo‘shilmasligi haqida bayonot berildi", — dedi u.

Klintonning saylovda g‘alaba qozonishi Shtatlarning Markaziy Osiyo hududidagi faolligini oshirishiga Kajegeldinning ishonchi komil.

Siyosashnuos, MDU professori Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekiston Amerika uchun "yog‘li joy"

"Klinton muvaffaqiyat qozongudek bo‘lsa, Markaziy Osiyodagi faol siyosatga qaytiladi. Demokratlar bu mintaqada qanday xatolarga yo‘l qo‘yilganini bilishadi va bu xatolarni qanday to‘g‘rilash hamda qanday ish olib borish kerakligi haqida ularda tushuncha mavjud. Hozirda hududda diniy ekstremizmga qanday to‘sqinlik qilish savoli muhokama qilinmoqda. Demokratlar mintaqa beqarorlik manbai ekanligini yaxshi bilishadi", — dedi siyosatchi.

U Shtatlar yana ilgari faoliyat ko‘rsatgan radio, telestansiyalar va ijtimoiy tarmoqlarga homiylik qilishni boshlashi mumkinligini taxmin qildi.

"AQSh uchun mintaqada O‘zbekistondan qiziqroq davlat yo‘q", — dedi ekspert.

Biroq tizimli tahlil va prognoz markazi rahbari Rostislav Ishchenko Shtatlar mablag‘ yetishmasligi bois mintaqadagi ta’sirini kamaytiradi, deya aksincha fikr bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0