Ekspert: O‘zbekiston Amerika uchun "yog‘li joy"

© SputnikSiyosashnuos, MDU professori Andrey Manoylo
Siyosashnuos, MDU professori Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlarida rangli inqiloblarga tayyorgarlik ehtimoli haqida gapirar ekan, rossiyalik siyosatshunos Andrey Manoylo hukumat almashinuvi ro‘y bermagan O‘zbekiston hozirda eng zaif hudud bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Siyosatshunos fikriga ko‘ra, rangli inqiloblar u yoki bu shaklda Markaziy Osiyoning istalgan mintaqasida ro‘y berishi mumkin. Ammo hozircha eng murakkab va noaniq vaziyat aynan O‘zbekistonda saqlanib qolinmoqda. Xususan, AQSh bu yerda o‘z faoliyatini faollashtirishga kirishdi, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.

"Amerikaliklar hozirda g‘imirlab qolishgan, ular O‘zbekistonga yog‘li joy sifatida qarashmoqda. Birinchidan, mamlakat oltin zahiralariga boy, bundan tashqari u joylashuv jihatdan o‘ta qulay strategik region hisoblanadi. Hozirdan boshlab ba’zi nodavlat tashkilotlar hisobiga pul kelib tusha boshladi, ehtimol bu pullar 4-dekabrga belgilangan muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan muxolifatchilarni moliyalashtirishga sarf qilinar.

Rangli inqiloblar shaklidagi norozilik aksiyalari ham aynan o‘sha sanada o‘tkazilishi mumkin", — deb fikr bildiradi ekspert.

Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekiston xavfsizlik bo‘shlig‘ida qoladimi?
Manoyloga ko‘ra, O‘zbekistonda saylovlar qishda emas, balki oktabr oyida o‘tkazilsa, yaxshi bo‘lardi. Siyosatshunosning ta’kidiga ko‘ra, saylov kunigacha biron bir ziddiyatli hodisalar ro‘y bermaydi. Ammo 4-dekabr sanasidan so‘ng "yerto‘lada" yotgan radikal islomchilar, ya’ni muxolifatchilar faollashuvi ro‘y berishi mumkin, deya taxmin qiladi ekspert.

Manoyloning so‘zlariga qaraganda, hammasi saylovlar natijalariga ko‘ra mamlakat rahbari bo‘ladigan odamga bog‘liq.  Agar u o‘zini kuchli rahbar va xo‘jayin sifatida namoyish etsa, siyosiy elita esa o‘zaro kelishuvga bora olsa, mamlakatdagi hukumat almashinuvi ziddiyatlarsiz, osuda kechadi. Bu esa — farovonlik garovidir.

Yangiliklar lentasi
0