TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda ish boshlagan O‘zbekiston – Rossiya biznes-forumida Rossiya delegatsiyasi ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Rossiya vakillari Xalqaro Sanoat yarmarkasiga tashrif buyurishadi va O‘zbekiston korxonalari vakillari bilan uchrashishadi. Tadbirda, shuningdek Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev ham ishtirok etdi.
“Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston orasidagi munosabatlar strategik hamkorlik va ittifoqchilik xarakteriga ega. Kelasi yil – mamlakatlarimiz uchun yubiley yili bo‘ladi. Biz Rossiya va O‘zbekiston orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligini nishonlaymiz”, — dedi forum ochilishida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev.
Diplomat aytishiga qaraganda O‘zbekiston Rossiyaning O‘rta Osiyodagi asosiy biznes hamkorlaridan biridir. Turli sohaning yetakchi vakillaridan tashkil topgan Rossiya delegatsiyalari doimiy ravishda O‘zbekistondagi iqtisodiy tadbirlarda qatnashib kelmoqda.
O‘zbekistondan Rossiyaga paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yetkizib berish masalasini hal qilish uchun oxirgi to‘rt oy davomida respublikaga Rossiya Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov boshchiligida bir necha delegatsiyalar kelib ketdi.
Bir necha kun oldin, 24-oktabr kuni Rossiya Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksandrom Morozov boshchiligidagi delegatsiya ham kelib-ketdi.
Mamalkatlar Qishloq xo‘jaligi vazirliklari orasida ham dialog olib borilmoqda. Ikki mamlakat mutaxassislari O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkizib berish hajmini oshirish maqsadida “yashil koridor” yaratish masalasini ham muhokama qilishmoqda.
“Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy hamkorlari orasida Rossiya 17,4% ulush bilan Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda”, — dedi elchi o‘zining xabarida.
Elchinng so‘zlariga qaraganda, mahsulot almashishning umumiy qiymati kamaygan bo‘lsada, mahsulotlar jismoniy hajmi oshmoqda.
O‘zbekistondan Rosssiyaga yetkizib berilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari – bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Ushbu yilning birinchi yarmida yetkizib berilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymati 3,4 baravar oshib – 48 mln dollarni tashkil qildi, jismoniy jihatdan esa – 3,1 baravar oshib – 59,7 ming tonnani tashkil qildi.
Mamlakatlar orasidagi sarmoyaviy hamkorlik borasida Rossiya O‘zbekistonning eng yirik sarmoya hamkori sifatida saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, 2015-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 700 mln dollar Rossiya sarmoyasi kiritilgan.
Rossiyaning O‘zbekistondagi eng yirik sarmoyadorlari PAO “Lukoyl” – 5,5 milliard dollar, PAO "VimpelKom" - 1 milliarda dollar, PAO "Gazprom" - 400 million dollar.
“Bugungi kunda Rossiya – O‘zbekiston iqtisodiy munosabatlarini diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratmoqdamiz, turli xil sanoat mahsulotlari almashish yo‘llarini qidirmoqdamiz.
Turdenevning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning yangi qo‘shma korxonalari erkin savdo hududlarida ham paydo bo‘lmoqda. Masalan 2015-yilda “Angren” maxsus industrial zonasida Rossiya ishtirokida birinchi qo‘shma korxona ochildi – “Armatura-izolyatsiya zavodi”MChJ.
Vladimir Turdenev Tadbirda qatnashayotgan Chelyabinsk shahri Moskva va Sankt-Peterburgdan keyingi uchinchi o‘rinda ekanligi, uni quvontirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Elchining so‘zlariga qaraganda ayni damda Rossiyaning 70 hududi O‘zbekiston bilan faol savdo-sotiq olib bormoqda.