Rossiya O‘zbekiston bilan 80 mln dollarlik shartnoma imzoladi

© Sputnik / StringerToshkentdagi paxta yarmarkasi
Toshkentdagi paxta yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan yarmarka doirasida O‘zbekiston yarim million tonnadan ortiq paxta tolasi sotdi va jami 1,3 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. XII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi yakunlariga ko‘ra Rossiya kompaniyalari O‘zbekistondan tekstil mahsulotlari va xom ashyosi yetkazib berish bo‘yicha 80 million dollarlikka yaqin shartnoma imzoladilar, deb xabar berdi RIA Novosti yarmarka tashkiliy qo‘mitasiga asoslanib.

"Yarmarka ishi doirasida olib borilgan muzokaralar natijasida Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston kompaniyalari bilan tekstil mahsulotlari va xom ashyosi yetkazib berish bo‘yicha 80 million dollarlikka yaqin shartnoma va kelishuvlar imzoladilar", — deb ma’lum qildi tashkiliy qo‘mita. Xususan, kalava ip, trikotaj matolari, tayyor tekstil mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

"Agro-Layn" direktorlar kengashi raisi Viktor Ignatyevning aytishicha, "Agro-Layn" MChJ (Moskva) va "O‘zbekengilsanoat" AJ o‘rtasida Rossiyada O‘zbekiston tekstil mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan qo‘shma savdo uyini tashkil qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Yarmarka 2016 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 550 ming tonna paxta tolasi sotdi

"Korxonaning asosiy vazifasi Rossiya korxonalarini xom ashyo bilan to‘la ta’minlash uchun mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha muvozanat o‘rnatishdir", — dedi Ignatyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo uyini joriy yilning oxirigacha "tekstil mahsulotlarini tarqatish bo‘yicha eng ma’qul logistik nuqta" bo‘lgan Ivanovoda ochish rejalashtirilgan.

Ignatyev O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan tekstil mahsulotlarining yillik hajmini 350 million dollar miqdorida baholadi.

Rossiya sanoat va savdo vazirligining ma’lumotiga qaraganda, 2016-yilning yetti oyi davomida O‘zbekistondan yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib berish hajmi o‘rtacha 24,3% foizga oshgan va 260 million dollardan ortiqroq miqdorni tashkil etgan. O‘zbekistondan Rossiyaga import qilinadigan mahsulotlar orasida tekstil mahsulotlari birinchi o‘rinda turadi va butun importning 63,2%ini tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0