O‘zbekiston aholisining 72% sud-huquq tizimiga ishonadi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 93,8% aholisi o‘z huquqlari ishonchli himoyalangan deb hisoblaydi, 82,5 % esa - qonunga itoat qiluvchi fuqaro ekanligini tan oladi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda poymol qilingan huquqni Sud tizimi orqali tiklashi mumkinligiga aholining 71,8 % ishonadi, deyilgan "Ijtimoiy fikr" tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida.

Qonun buzgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi

Ushbu so‘rov respublikaning 12 viloyatida, Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi. So‘rov davomida 1500 kishining fikri o‘rganildi. Ularning 48% erkaklar va 52% ayollar tashkil qildi. Shahar aholisining ulushi 36%, qishloq aholisining ulushi esa — 64% ni tashkil qildi. So‘rovda 17 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi ishtirok etdi.

"O‘tkazilgan izlanish natijasida aholining 71,8% o‘zlarining poymol qilingan huquqlarini sudga murojaat qilgan holda qayta tiklash mumkinligiga ishonch bildirdi", — deyilgan xabarda.

So‘rov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 93,8% aholisi o‘z huquqlari ishonchli himoyalangan deb hisoblaydi. Undan tashqari ularning fikriga ko‘ra yaqin kelajakda sud-huquq tizimidagi islohotlarda yanada ko‘proq ijobiy natijalarga erishiladi.   

So‘ralganlarning 82,5 % qonunga itoat qiluvchi fuqaro ekanligini va qonunlarning ma’nosini tushunishlarini va hurmat qilishlarini tan olishdi.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi

"Fuqarolarning aksariyat qismi — 96,9 % — O‘zbekistonda 2008-yilning 1-yanvaridan o‘lim jazosi bekor qilinganligini qo‘llab-quvvatlashdi", — deyilgan xabarda.

Biroz oldin, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Jinoyat va Ma’muriy qonunbuzarliklar kodekslariga o‘zgarishlar kiritish haqida qaror imzolagan edi. Hujjat O‘zbekiston sud-huquq tizimining rivojlantirishga qaratilgan 45 tadbirni o‘z ichiga olgan.

Xususan, 2017-yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekistonda "hibsga olish" jinoiy jazosi bekor qilinadi.  

Yangiliklar lentasi
0