Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev mamlakat imzolagan farmonga muvofiq 2017-yilning 1-aprelidan qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Prezident farmonini imzoladi.

Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurash tartibiga oid qonun birinchi o‘qishda ma’qullandi
Unga muvofiq, 2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.

Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;

qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1-yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.

Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0