Goblin: o‘zbeklar - o‘ta tinchliksevar xalq

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDmitriy Puchkov (Goblin)
Dmitriy Puchkov (Goblin) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ikki yil davomida yashagan rossiyalik publitsist Dmitriy Puchkov (u mashhur bloger Goblin) Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida o‘sha davr xotiralari bilan o‘rtoqlashdi hamda mamlakat oldida turgan bugungi muammo va tahdidlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

— Siz bir paytlar O‘zbekistonda yashagansiz. Respublikadagi hayot boshqa joylardagi, masalan Leningraddagi hayotdan farq qilarmidi?

— Sovet Ittifoqi hamma joyda deyarli bir xil edi, faqat ayrim milliy xususiyatlar mavjud edi. Masalan, militsiyani olaylik. Leningradda hech kim militsiyada xizmat qilishni istamasdi. Militsiyaga ishga olish uchun Pskov, Vologda, Novgoroddagi harbiy qismlarga borilar va u yerdagi xizmatni o‘tab bo‘lgan soldatlarni ishga taklif qilinardi. O‘zbekistonda esa aksincha, militsiyada xizmat qilish faxr va obro‘ edi.

O‘zbekiston militsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston militsiyasining vazifa va vakolatlari

U yerda odam ko‘p, ish esa oz edi. Sovet hokimiyati negadir respublikada sanoat korxonalarini qurmagan va hattoki bizda xolalar marka yopishtirib o‘tiradigan pochta bo‘limida ham tog‘alar ishlardi. Bundan  tashqari, o‘sha davrda o‘zbek militsiyasida xizmat qilish yaxshi maosh degani edi.

Men o‘zim Farg‘onadan 30 kilometr uzoqlikdagi qishloqda yashaganman. Qishloq uchastka militsionerining ishi shahardagi tezkor qidiruv vakilinikidan farq qiladi. Mutlaqo boshqacha ish, mutlaqo boshqacha turdagi jinoyatlar.

Masalan, Farg‘onada mashhur 345-parashut-desant polki bo‘lib, u haqda “9-rota” badiiy filmi olingan. Bir kuni o‘sha yerdan bir soldat avtomat bilan qochib ketgan va bizning qishloqqa kelib qolgan. Uchastka militsioneri u bilan tarbiyaviy soat o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Yonida to‘pponcha yo‘q, formada yigitning oldiga kelgan. Soldat unga qarata o‘q uzgan, militsioner esa xuddi ninzalardek chaqqonlik bilan yonidagi ariqqa o‘zini otgan.

Lekin hech kim hech narsadan qo‘rqmasdi, ko‘cha jinoyatchiligi yo‘q edi. Na qurol, na rezina tayoq, na kishanimiz bor edi. Jinoyatchilik holati shunchalik darajada yo‘q ediki, hozir buni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Jinoyatchilik bezorilik va talonchilik bilan emas, korxonalarda yuz berardi. Korxonalarda nimalardir o‘g‘irlanardi. Lekin ko‘cha bezoriligi degan narsa hech qayerda bo‘lmagan.

— O‘zbek xalqi O‘zbekistonda yashayotgan ruslar va boshqa millat vakillariga qanday munosabatda edi?

— Bilasizmi, men o‘z shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytaman. Shaxsan men ikki yil davomida biror inson bilan mushtlashmaganman. O‘zbeklar – o‘ta tinchliksevar xalq va biror tartibsizlik keltirib chiqarish uchun ularni ataylabdan shunga majbur qilish kerak.

Nizolar bo‘lgan, albatta. U yerda “qonli Stalin rejimi” paytida Gruziyadan ko‘chib kelgan mesxeti turklari yashardi. Bu diasporaning yoshlari o‘zlarini juda bema’ni tutishardi.

Ana shular bilan o‘zbeklar orasida jiddiy nizolar bo‘lib turardi va bu qayta qurish davrida ommaviy tartibsizlik va qotilliklarga aylanib ketdi. Lekin bu o‘zbeklar yovuz bo‘lgani uchun emas. Diaspora o‘zini bilib tinch yashashi va mahalliy aholining jig‘iga tegmasligi lozim. O‘zini yaxshi tutishi va kattalar yoshlarni nazorat qilishlari kerak.

Farg‘onada ofitserlar uyi bo‘lib, mesxeti turklari u yerga raqsga borishar va doim gvardiyachi desantlar bilan mushtlashishardi.

Aytishlaricha, o‘zbeklar va qirg‘izlar bilan chegaralarda nizolar yuz bergan ekan. Ko‘pincha bu ularning turlicha hayot tarzidan kelib chiqqan: o‘zbeklar o‘troq xalq, qirg‘izlar esa ko‘chmanchi. Maishiy asosdagi qandaydir nizolar kelib chiqqan, lekin men bu nizolarga guvoh bo‘lmaganman.

— O‘sha davrlarda kuchli millatchilik ruhi mavjudmidi?

— Millatchilik har doim hamma joyda bo‘lgan. U yerni millatlar qozoni  deyish mumkin edi — o‘zbeklar, ruslar, nemislar, italyanlar, yahudiylar, qozoqlar, beloruslar, ukrainlar. Lekin hamma inoq yashardi.

Menga ikki yil davomida hech kim kelgindiligimni aytmagan. Mendan ba’zan ota-onang borku, nega bu yerdasan, ota-onang u yoqda bo‘lsa ularni kim boqadi, deb so‘rashardi. 

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni

1990-yillarda yuz bergan voqealar esa ataylabdan uyushtirilgan. O‘sha paytlarda sodir etilgan jinoyatlar ham maxsus moliyalashtirilgan. Tartibsizliklarni millatchi guruhlar uyushtirgan va pul to‘lagan. Masalan, mushtlashuvlarda qatnashgan odamlarni qishloqlardan Farg‘onaga uyushgan holda olib kelish kerak edi — buning uchun avtobuslar, KamAZlar ajratilgan. Barchaga aroq ichirishgan, bunga ham pul kerak edi. Barchaga maxsus tayyorlangan armatura tayoqlar berishgan. Bunga qo‘shimcha ravishda ularga millatchilik ruhini singdirish kerak edi.

Eng dahshatli voqea o‘nlab kishilar halok bo‘lgan mesxeti turklari bilan to‘qnashuv bo‘lgan. Dahshatli fojia.

Aytishim joiz, bu mazkur ish bilan maxsus xizmatlar –KGB ham, militsiya ham shug‘ullanmaganligini bildiradi. Agarda shug‘ullanishgan bo‘lsa ham, hech narsani ko‘rishmagan va hech narsani eshitishmagan. Agarda eshitishgan bo‘lsa ham, o‘z xizmat vazifalarini bajarishmagan va odamlar hayotini saqlab qolishmagan. Keyin esa boshlandi — avvaliga turklarni quvishdi, keyin esa “ruslarning navbati keldi” deb qichqirishdi. Shu tarzda boshqa millatlarga yovqarash qilish boshlandi.
Bularning bari ayanchli. SSSRni milliy jihati bo‘yicha sindirishdi – men buni o‘sha yerda anglaganman.

— O‘zbekistondan Rossiyaga kelayotgan migrantlarga munosabatingiz qanday?

— Bu yerga ishlagani kelganlarni qat’iy nazorat qilish kerak. Gap faqatgina ekstremistlarning kirib kelishi haqida emas, gap pul haqida. Qurilishga ishlagani kelishadi va ishlashadi, qurilishdagi boshliqlar esa ularni aldashadi, ozgina pul berishadi, registratsiya qilishmaydi yoki umuman haq berishmay sarson qilishadi.

Bu “qora naqd pul” – milliardlab dollarlar davlatni aylanib o‘tmoqda. Hech kim soliq to‘lamayapti, hech kim hech narsa uchun javob bermayapti. Agar biz sivilizatsiyalashgan davlat bo‘lsak — qo‘limizda odamlar ishlayaptimi, har qanday inson kirib ularning hujjatlarini ko‘rishi, ularga oylik to‘layapsizmi-yo‘qmi bilishi, soliqlarni to‘layapsizmi, ishchilarni aldamayapsizmi, bilishga haqli.

— Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash kerakmi?

— Munosabatlar haqida qo‘shni va xotin bilan munosabatlarni o‘xshatish qilish mumkin. Mening tushuncham bo‘yicha, O‘zbekiston — bizning qo‘shnimiz. Xotiningiz bilan ajrashishingiz, uni qaytib ko‘rmasligingiz, u bilan butkul gaplashmasligingiz mumkin. Lekin qo‘shni bilan ajrashib bo‘lmaydi. Bizning taqdirimizga yonma-yon yashash bitilgan.

Qo‘shni bilan hamisha yaxshi munosabatda bo‘lish shart. U yerdan bizga ishlagani kelishni istashsa, ularga nega xalaqit berishimiz kerak.

Moskvadagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek va tojik migrantlariga samolyotlarda migratsiya markazi broshuralari tarqatilmoqda

Men vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga borib turaman va u yerda Rossiyada ishlayotganlarning oilalari yomon yashashmayotganligini ko‘raman. Agar bu yerga ishlagani kelishsa nega ularni kiritmasligimiz kerak – ishlashaversin.

— Rossiya va O‘zbekiston hamkorligini birinchi navbatda qaysi sohalarda rivojlantirish lozim?

— Asosiy yo‘nalishlardan biri — xavfsizlik. Islom ekstremizmi tahdidi ular uchun ham, biz uchun ham xavfli. O‘zbekiston shu ma’noda Afg‘onistondan kirib kelishi mumkin bo‘lgan yot unsurlarni janubiy chegaralarda to‘xtatib turadi.

Iqtisodiy aloqalarni ham uzmaslik kerak. Agar biz u yerni tark etsak, yevropaliklar kirib keladi va biz pul yo‘qotamiz. Agar u yerda ish kuchi ko‘p bo‘lsa — o‘sha yerda zavodlar qurishimiz kerak, biz ularga, ular bizga mahsulot sotishadi. Hammasi oxir-oqibat pul atrofida aylanadi.

— O‘zbekistonda 25-oktabrda Militsiya xodimlari kuni nishonlanadi. O‘zbekiston huquq tartibot xodimlariga tilaklaringiz?

— O‘zbek militsiyasini bayram bilan tabriklayman! Qolganlarga esa tinchlik tilayman. Ilgarilari “butun dunyoda tinchlik bo‘lishi uchun” qadah ko‘tarardik. Tinchlik – hayotdagi eng muhim omil. Eng asosiysi, farzand ko‘rish, ularni tarbiyalash va qarilikka yetkazsin!

Yangiliklar lentasi
0