O‘zbekistonda Diktant.uz aksiyasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tish"Total diktant" aksiyasi
Total diktant aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diktant.uz - yozma savodxonlik bo‘yicha aksiyada Siz ham ishtirok etishingiz mumkin

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. 29 oktabr kuni Toshkentda diktant yozish bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi.

O‘zbekcha-ruscha so‘zlashgich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek tilining tarixi yoxud Xodja, Dosmat, Maxamatlar qanday paydo bo‘lgani haqida
Ushbu yozma savodxonlik bo‘yicha aksiya UZINFOCOM Markazi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda mamlakatimizdagi bir qator universitet, institut, tashkilotlar hamkorligida 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 27-yil to‘lishi munosabati bilan, o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylik — o‘zbek tilining vorislari sifatida ona tilini asrab — avaylash, uning nufuzini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Diktant.uz aksiyasi — aholi, ayniqsa yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ta’limiy aksiya hisoblanadi.

Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aksiya 2016-yilning 29-oktabr kuni soat 15-00 da bir paytning o‘zida quyidagi manzillar bo‘yicha o‘tkaziladi:

— Aloqa tarixi muzeyi (Shayxontohur tumani, Navoi ko‘chasi, 28 a);

— Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti (Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 25 uy);

Alisher Navoiyning 575-yilligiga bag‘ishlangan tadbir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘zbek tili oyligi e’lon qilindi
— Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (O‘zbekiston milliy Universiteti binosida, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko‘chasi);

— O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti (Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi G-9a mavzesi, 21 a).

Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xohlovchilar www.diktant.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari maqsadga muvofiq.

Diktant.uz  aksiyasiga o‘zbek tili bo‘yicha yozma savodxonliklarini sinamoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz!

Yangiliklar lentasi
0