TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida ona tilimizni rivojlantirish, uning betakror jozibasi va go‘zalligini namoyish etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohlarida ushbu sana munosabati bilan “Ona tili va adabiyoti” oyligi tashkil etilmoqda, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
"Bugungi globallashuv davrida tilimiz sofligini saqlash, so‘zlashuvda turli xorijiy iboralarni o‘rinli-o‘rinsiz ishlatavermaslik talab etiladi, – deydi mazkur maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nilufar Komilova. – Bolaning boshqa fanlarni puxta o‘zlashtirishi uning o‘z ona tilini nechog‘li yaxshi bilishidan boshlanadi. Binobarin, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tilni o‘rgatishdagi mas’uliyati nihoyatda katta".
Dars jarayonida insholar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirilmoqda. She’riyat kechalari, uchrashuvlar, bilimlar bellashuvlarida zukko o‘g‘il-qizlar kuch sinashib, o‘z bilimini, o‘zbek tiliga mehr-muhabbatini namoyish etishmoqda. Fan oyligi davomida Toshkent shahri bo‘ylab sayohat, muqaddas qadamjolarga ekskursiyalar uyushtirilayotgani xabar qilinmoqda. O‘quvchilar savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olim, yozuvchi va shoirlarning jalb etilmoqda.