Bojxona organlari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qo‘llanilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBojxona xodimi avtobusni tekshirmoqda
Bojxona xodimi avtobusni tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-yilning 1-martidan boshlab bojxona organlariga taqdim qilinadigan tovarning kelib chiqish sertifikati, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda "Yagona oyna" idoralararo axborot tizimini to‘liq joriy qilish belgilandi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida bojxona organlari tomonidan internet tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

"Qo‘mitada "Bojxona posti – hududiy bojxona boshqarmasi – Davlat bojxona qo‘mitasi" halqasi bo‘yicha axborotlarni real vaqt miqyosida yig‘ish, nazorat va tahlil qilish, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir qator tizimlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda", — deyiladi xabarda.

"Bugungi kunda bojxona organlari faoliyatiga 35 avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilingan bo‘lib, shundan 22 tasi davlat axborot tizimi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, – deydi Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdusobir Saidov. – Tadbirkorlik subektlariga bojxona rasmiylashtiruviga doir qator yengillik va qulayliklar yaratish maqsadida qo‘mita veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 16 turdagi interaktiv xizmat ko‘rsatilmoqda".

Tadbirkorlik faoliyati subektlari tomonidan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim qilish interaktiv xizmatida tadbirkorlar shartnoma va boshqa tegishli hujjatlarni bojxona postiga elektron shaklda taqdim qilmoqda. 2015-yilda jami shartnomalarning 99,9 foizi va ularga qo‘shimcha bitimlar elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

AQShning 100 dollarlik valyutasi. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bojxona xodimlari 70 ming dollarning "uchishiga" chek qo‘yishdi
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini avtomobil transportida olib o‘tishda yuk tashuvchilar tomonidan oldindan ma’lumot taqdim etish interaktiv xizmatida joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida bojxona organlariga 77 mingdan ortiq ma’lumotlar oldindan elektron tarzda taqdim etilgan, bu chegaradan o‘tgan jami yuk tashuvchi avtotransport vositalarining 84,8 %ni tashkil etgan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonning ijrosi yuzasidan bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifa va topshiriqlar xususida so‘z yuritildi.

Bojxona nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona nazoratidan o‘tish vaqti 4,7 barobar qisqardi
2017-yilning 1-martidan boshlab bojxona organlariga taqdim qilinadigan tovarning kelib chiqish sertifikati, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan "Yagona oyna" idoralararo axborot tizimini to‘liq joriy qilish belgilandi.

Tadbirda bu yo‘nalishda amalga oshirilishi kutilayotgan reja va loyihalar yuzasidan axborotlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0