Bojxona nazoratidan o‘tish vaqti 4,7 barobar qisqardi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishBojxona nazorat punkti
Bojxona nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektron hujatlar tizimiga o‘tish, tovarlarni bojxona orqali rasmiylashtirish vaqtini salkam 5 baravar qisqartirdi.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekistonda oxirgi uch yil davomida tashqi iqtisodiy aloqa vakillarining bojxona nazoratidan o‘tish vaqti 4,7 barobar qisqartirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri davlat Bojxona qo‘mitasi xabariga asosan.

AQShning 100 dollarlik valyutasi. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bojxona xodimlari 70 ming dollarning "uchishiga" chek qo‘yishdi

2013 yilda yuklarni bojxonada rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 8,5 kun vaqt sarflangan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu jarayon 1,8 kun vaqt talab qiladi.

Bunga sabab “Tovarlarni elektron deklaratsiya qilish” tizimi ishga tushishi bo‘lgan. Ushbu tizim tadbirkorlarga, o‘z ofislaridan turib to‘ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini va boshqa kerakli hujjatlarni Internet orqali yuborish imkonini beradi.   

“2013 yilda 39,2 % bojxona deklaratsiyalari elektron ko‘rinishda taqdim etilgan edi. O‘shanda tadbirkorlar bojxona deklaratsiyalarini sotib olish uchun 1,2 mlrd so‘m mablag‘ xarajat qilishgan. Lekin 2014-yilda, elektron deklaratsiya yubrish tizimi ishga tushganidan keyin,  ushbu amaliyot butunlay yo‘qqa chiqarildi.  Elektron hujjat yuborish tizimi, o‘z navbatida, 60 tonna qog‘oz tejash imkonini yaratdi. 2016-yilning 9 oyi hisobida, deklaratsiyalarning 99,9 %  foizi elektron ko‘rinishda to‘ldirildi”, — dedi Davlat Bojxona qo‘mitasi vakili.

Bugungi kunda bojxona tizimida eng talabgir xizmatlardan biri – "Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi"dir. Ushbu tizim O‘zbekiston vazirlik va muassasalari orasida axborot almashuv imkonini yaratadi. O‘tgan yili ushbu tizim orqali 137 ming shartnoma o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu yilning 9 oyida 76,7 mingdan ortiq shartnoma qayd qilingan.

Bojxona nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov yangi Bojxona kodeksini imzoladi

O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston bojxonachilari yangi xizmat turi — “Davlat Bojxona xizmati organlarini jismoniy shaxslar tomonidan avtomobilda chegarani kesib o‘tish haqida oldindan ogohlantirish tizimi”ni ishga tushirishdi. Qisqa vaqt ichida ushbu xizmat aholi orasida juda ommaviylashib ketdi. Yil boshidan buyon tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bojxona xizmatiga 77 mingdan ortiq elektron arizalar yuborishdi. Bu ushbu davr mobaynida chegarani kesib o‘tgan yuk avtomobillarning 84,7 %ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0