O‘zbekistonliklar Mi-171 halokati qurbonlari oilalariga o‘z yordamlarini taklif qilishmoqda

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishGvozdika va shamlar
Gvozdika va shamlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halokat oqibatida to‘qqiz nafar kishi halok bo‘lgan

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Mi-171 vertoloti halokatga uchragani haqida xabar e’lon qilinishi bilan o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildira boshlashdi.

Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev vertolot halokati munosabati bilan Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi
Milliy telekanal orqali berilgan rasmiy axborotga ko‘ra, halokat oqibatida to‘qqiz nafar kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari ekipaj a’zosi va olti nafari Qurolli kuchlar harbiylari edi.

O‘znet foydalanuvchilari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur qayg‘u bildirar ekanlar, bu og‘ir damlarda ularga sabr va matonat tilaydilar. O‘zbek xalqi har doim o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etib kelgan va ushbu aviahalokat qurbonlarining oila a’zolariga yordam ko‘rsatishga tayyor.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari faqatgina hamdardlik bildirish bilan cheklanib qolmasdan, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishni taklif qilishib, ularning yashash manzillarini so‘rashmoqda.

Farg‘ona vodiysida vertolot yomon ob-havo tufayli qulagan bo‘lishi mumkin
O‘z navbatida O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ham O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga va halokat qurbonlarining oila a’zolariga o‘z hamdardligini bildirdi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilgan. Hozircha halokatga nima sabab bo‘lganligi haqida rasman ma’lum qilinmadi. Shuningdek, vertolot Farg‘ona viloyatining aynan qaysi hududida halokatga uchragani ham ma’lum emas.

Sputnik O‘zbekiston muxbirlari voqealar rivojini kuzatib boradi va mavzuga oid axborot bilan tanishtirib boradi.

Yangiliklar lentasi
0