Farg‘ona vodiysida vertolot yomon ob-havo tufayli qulagan bo‘lishi mumkin

Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysida 18-oktabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ib, vaqti-vaqti bilan qorga aylangan. Ayrim tumanlarda shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil qilgan

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining vertoloti noqulay ob-havo sharoitlari tufayli qulagan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilgan Sputnik nashriga o‘z manbasi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun davomida Farg‘ona viloyatida havo keskin o‘zgargan.

Mi-8 vertoloti - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida vertolot halokatga uchradi, 6 harbiy halok bo‘ldi
Ob-havo ma’lumotlarida 18-oktabr kuni Farg‘ona vodiysida vaqti-vaqti bilan qorga aylanadigan shiddatli yomg‘ir yog‘ishi aytilgan. Bundan tashqari, shamol tezligi ayrim tumanlarda soniyasiga 15-20 metrga yetishi aytilgan.

"Mudofaa vazirligi vertoloti rejali uchishni amalga oshirgan. Baxtsiz hodisa ob-havo sharoiti o‘ta ekstremal bo‘lgan tog‘li hududda ro‘y bergan bo‘lishi mumkin", — deya ta’kidlaydi manba.

Aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun tuzilgan maxsus komissiya versiyasiga ko‘ra, baxtsiz hodisa texnik nosozlik yoxud uchuvchi xatosi tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli vertolot Farg‘ona vodiysida halokatga uchragan edi. Halok bo‘lgan to‘qqiz kishi dan olti nafari harbiylar bo‘lgani xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0