Atambayev vertolot halokati munosabati bilan Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa natijasida uch nafar ekipaj a’zosi hamda bortdagi olti nafar harbiy halok bo‘lgan

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga respublika Mudofaa vazirligining vertoloti halokatga uchraganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmati.

Farg‘ona viloyatida vertolot halokatga uchragani haqida “O‘zbekiston” milliy telekanali orqali ma’lum qilingandi.

Telekanalning xabariga ko‘ra, 18-oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertoloti halokatga uchragan. Hodisa natijasida uch nafar ekipaj a’zosi hamda bortdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining olti nafar harbiylari halok bo‘lgan. Vazirlik xabariga muvofiq, aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tashkil etilgan.

Farg‘ona vodiysida vertolot yomon ob-havo tufayli qulagan bo‘lishi mumkin

"Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev 2016-yilning 18-oktabr kuni insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining vertoloti halokatga uchragani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi", — deb yoziladi Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati xabarida.

Atambayev Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan "halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashini" bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0