Olland, Merkel, Poroshenko va Putin Berlinda uchrashadi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishNormand to‘rtligi uchrashuvi
Normand to‘rtligi uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berlinda, 19-oktabr kuni "Normand to‘rtligi"ning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya rahbari  Fransua Olland telefon suhbati davomida "normand formati"da uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Ukraina rahbari matbuot xizmati, kutilayotgan uchrashuv maqsadi — "Rossiyani Minsk shartnomasi shartlarini bajarishga undash", — dedi.

Bu borada, Kreml bir necha bor — Rossiya Minsk shartnomasi qatnashchisi emas ekanligini, u faqat mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarga turli yo‘l bilan imkon qadar ta’sir o‘tkazishi mumkinligini — bir necha bor ta’kidlagan edi. 

Vladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland - Sputnik O‘zbekiston
Putin, Merkel va Olland telefon orqali suhbat o‘tkazishdi

Minsk shartnomasiga binoan, Kiyev 2015-yil oxiriga qadar konstitutsiya islohi o‘tkazishi va unga ko‘ra Donesk va Lugans viloyatlariga alohida maqom berilishi kerak edi. Ayni damda bu borada hech qanday ish amalga oshirilgani yo‘q.

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Berlindagi uchrashuvda Rossiya rahbari Vladimir Putin ham qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz "Normand to‘rtligi"ga Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya kiradi. Ushbu mamlakatlar diplomatik yo‘l bilan Donbass mojarosini hal  qilishga bel bog‘lagan. To‘rtlikning oxirgi uchrashuvi may oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0