Poroshenkoning Moskvaga po‘pisasi: "Ustimizga qilich ko‘tarib kelgan, qilichdan halok bo‘ladi"

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti Potr Poroshenko
Ukraina prezidenti Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Potr Poroshenko "Aleksandr Nevskiy" filmi bosh qahramoni tomonidan aytilgan so‘zlar bilan Rossiyaga po‘pisa qildi

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Prezident Potr Poroshenko Ukraina himoyachilari kuni munosabati bilan qilgan chiqishida Rossiyaga nisbatan "Aleksandr Nevskiy" filmida bosh qahramon tomonidan tilga olingan iborani qo‘lladi. Ibora Ukraina prezidentining rasmiy saytida keltirilgan, deb yozadi RIA Novosti.

Ukraina prezidenti Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko: dushman Ukrainani tiz cho‘ktira olmadi
Poroshenkoning aytishicha, Ukrainadagi harbiy tayyorgarlik "Rossiya tajovuzkorligi" va "Sharqdan bo‘layotgan tahdidlar" bilan izohlanadi. Shu bilan birga u ukrainaliklar "hech qachon birovning narsasiga ko‘z olaytirmaganini", ammo "o‘zinikini ham berib qo‘ymasligini" aytgan.

"Biz, Xudoga shukrki, endilikda chaqirilmagan mehmonlarni kutib olishga tayyormiz. Kimki ustimizga qilich ko‘tarib keladigan bo‘lsa, qilich ostida halok bo‘ladi", — deb bayonot qilgan Ukraina prezidenti.

"Qilichdan halok bo‘lish" degan so‘zlarni Sergey Eyzenshteynning "Aleksandr Nevskiy" filmida novgorodlik knyaz rolini ijro etgan SSSR xalq artisti Nikolay Cherkasov aytgan, deb yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Kiyev Rossiyani Ukrainaning ichki ishlariga aralashuvi hamda Donbassdagi mojarolarda ayblab keladi. Moskva o‘z navbatida, bu ta’kidlarni "ommaviy shipshitishdan bo‘lak hech vaqo emas", deb atab, Rossiya Donbass voqealariga aloqador emas, deya qat’iy turmoqda.

Yangiliklar lentasi
0