TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi reytingida yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 48 o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda rasmiy FIFA sayti.
Bir necha kun oldin Football Rankings sahifasi O‘zbeksiton jamoasi uch pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishini bashorat qilgan edi, lekin FIFA jamoani faqat bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi.
O‘zbekiston futbol jamoasi tarixida eng yaxshi natija 2006-yilning noyabrida ko‘rsatilgan. O‘shanda jamoa jahon reytingining 45 o‘rniga ko‘tarilgan edi.
Bugungi kunda jahon futbol reytingida birinchilik 1621 ochko to‘plagan Argentinaga tegishili. Ikkinchi o‘rinda hozirgi jahon chempioni – Germaniya (1465 ochko), uchinchi o‘rin – Braziliya (1410). Eng yaxshi jamoalar o‘ntaligiga Belgiya, Kolumbiya, Chili, Fransiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya kiritilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi 617 ochko to‘plab, 48-o‘ringa ko‘tarildi. Osiyo futbol konfederatsiyada Eron 837 ochko to‘plab 27 o‘rinni egallagan, Avstraliya 40 o‘rinni, Janubiy Koreya 44 o‘rinni, Rossiya 53 o‘rinni egallagan.
Ushbu reyting 1993-yildan buyon olib borilmoqda. Unda milliy jamoa to‘rt yil davomida ko‘rsatgan natijalari va har bir o‘yin hisobga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda JCh-2018 uchun bo‘layotgan o‘yinlar doirasida, O‘zbekiston saralovchi guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Oldinda Eron termasi.