TOShKENT, 15 sen – Sputnik. FIFA sentabr oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan oyda 55-pog‘onani egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi reytingda 6 pog‘ona yuqorilab, 49-o‘rinda joylashdi.
Bunga esa Burkina-Faso, Suriya va Qatar terma jamoalari mag‘lub etilgach O‘zbekiston terma jamoasining ochkolari soni 560tadan 621taga ko‘paygani sabab bo‘ldi.
O‘zbekistondan oldingi 48-o‘rinda Gretsiya (622 ochko) va 50-o‘rinda Serbiya (602 ochko) qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2006-yil noyabr oyida FIFA reytingida 45-o‘rinda qayd etilgan va bu mamlakat jamoasi tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib turibdi.
Terma jamoa Osiyo qit’asi jamoalari orasida to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi. Yangi reytingda Yaponiya O‘zbekistondan quyiga tushdi, Avstraliya esa qit’ada ikkinchi bo‘lib oldi.