O‘zbekiston termasi FIFa reytingida 10 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

© AP Photo / Michael ProbstFIFA shtab kvartirasi
FIFA shtab kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon terma jamoalari reytingida birinchi o‘rinda Argentina (1585 ochko), ikkinchi o‘rinda Belgiya (1401), uchinchi – Kolumbiya (1331).

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Xalqaro Futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida, O‘zbekiston terma jamoasi o‘n pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, deyilgan tashkilot rasmiy sahifasida.  

Reytingga oldindagidek 1585 ochko to‘plagan Argentina jamoasi boshchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Belgiya (1401), uchinchi – Kolumbiya (1331). Birinchi o‘ntalikda kutilganiyek Germaniya, Chili, Portugaliya, Fransiya, Ispaniya, Braziliya va Italiya terma jamoalari joylashgan.

O‘zbekiston jamoasi 569 ochko to‘plab, 56 o‘rinni egalladi. Oldinggi reytingga qaraganda bu 10 pog‘ona yuqori.

Osiyo futbol konfederatsiyalari orasida (AFC) Eron 39 o‘rinda va Janubiy Koreya respublikasi 48 o‘rinni egallashgan.  

Rossiya terma jamoasi yangi reytingda 9 pog‘ona yo‘qotib, 38 o‘ringa tushdi. Rossiya jamoasi bir marotaba bundan ham past 40 o‘ringa 1998-yilgning dekabrida tushgan edi.

Ushbu reyting tizimi 1993-yilda kiritilgan bo‘lib, ochkolar soni milliy jamoalarning 4-yil davomida o‘ynagan o‘yinlar natijasiga qarab belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0