Islom Karimov yangi Bojxona kodeksini imzoladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBojxona nazorat punkti
Bojxona nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tamojnaya kodeksining Senat tomonidan 2015-yilning dekabr oyida tasdiqlangan edi.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston yangi Bojxona kodeksini tasdiqlash” haqidagi qarorni imzoladi. Yangi kodeksga “ichki qayta ishlash maqsadida olib kirish” tushunchasi kiritilgan. Kodeks matni payshanba kuni mahalliy matbuotda e’lon qilindi.

Bojxona kodeksining yangi matni Senat tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyida qabul qilingan edi. Hujjat matbuotda chop etilganidan uch oy keyin, ya’ni – 21-apreldan boshlab amal qilishni boshlaydi.

Davlat Bojxona qo‘mitasi (DBQ) tushuntirishiga qaraganda, “Ichki qayta ishlash uchun” tartibi O‘zbekiston korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun kerak bo‘ladigan xom-ashyoni, arzonlashtirilgan bojxona to‘lovlari bilan olib kirish huquqini beradi. Ushbu mahsulotlar respublika ichida sotish yoki boshqa maqsadlarda olib kirilgan hollarda, ulardan odatiy (yuqori) bojxona solig‘i olinadi.  

DBQ xabariga ko‘ra, “ichki qayta ishlash uchun” olib kirish holatlari, xom ashyo narxi tayor mahsulot narxidan baland bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Eski Bojxona kodeksi bo‘yicha ushbu tartib nazorat qilinmas edi.  

Yangi BK olib kelinayotgan mahsulotlar haqida bojxona postiga oldindan ma’lumot berish tushunchasi ham kiritilgan. Ushbu yangilik yuk tashuvchi yoki yuk egasi tomonidan olib kirib kelinayotgan mahsulot haqida Bojxona organiga oldindan ma’lumot yuborish huquqini beradi. Bu esa o‘z navbatida tovarlarni bojxonadan o‘tishni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtiradi. Oldin yuk tashuvchi barcha hujjatlarni bojxona nazorati postida taqdim qilar edi.

Bojxona kodeksining oldingi tahriri 1997-yilda qabul qilingan bo‘lib, bugungi kun talablariga to‘liq javob bermay qolgan edi. Undan tashqari eski kodeksga 350 normativ hujjatlar qo‘shimcha qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0