Oliy o‘quv yurtlari domlalari talabalardan pora olmaslikka va’da berdi

Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Respublika Bosh prokuraturasi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-domlalari o‘rtasida xalq ta’limi sohasidagi korrupsiya mavzusida suhbat o‘tkazdilar. Suhbat yakunida pedagoglar talabalardan pora olmaslik haqida kafolat xati yozib berdilar.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurash organlari ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda pora olish bo‘yicha birinchi o‘rinda – sog‘liqni saqlash sohasi, ikkinchi o‘rinda esa – ta’lim sohasi turadi. Shu sababdan, har yili respublikalardagi ta’lim muassasalarida domlalar bilan pora olish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi mavzusida suhbatlar o‘tkaziladi.

Bu yil tadbir ancha jiddiy tartibda o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda, nuz.uz sayti. Tushuntirish suhbati va film namoyishidan so‘ng har bir murabbiy o‘z nomidan korrupsiya bilan shug‘ullanmaslik haqida kafolat xatini yozib bergan.

Prokuratura xodimlari o‘qituvchilar tomonidan pora olib qo‘lga tushgan va buning oqibatida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bir qancha misollarni keltirishgan. Bosh prokuraturaning ushbu harakatlariga poraxo‘rlik yuzasidan talabalarning o‘zlari va ularning ota-onalari tomonidan kelib tushgan shikoyatlar sabab bo‘lgani aytilgan. Ilgari talabalar bu haqda anonim tarzda xabar berishgan bo‘lsa, hozirda ular bu borada ochiq shikoyat qilishmoqda.

Talabalarning aksariyati o‘qish yildan yilga qiyinlashib borayotganidan nolishgan. Ba’zi domlalar har bir "xizmat turi" uchun alohida stavka belgilaganliklari ma’lum: nazorat(oraliq) ishlari alohida pul tursa, davomatni tuzatish alohida pul turishi ma’lum. Semestrni yakunlash uchun ham alohida "chiqim" qilinishi shart. Eng achinarlisi, talabalarning hammasi pul berishga majbur, aks holda poraxo‘r domla pul bermagan talabani “yiqitishga” harakat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0