Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi

Obuna bo‘lish
Hujjatga muvofiq, yangi qonun fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev buyrug‘iga asosan O‘zbekistonda "Korrupsiyaga qarshi kurash" qonuni loyihasi 2016-yilning oxiriga qadar ishlab chiqiladi.

Bitim tuzish - Sputnik O‘zbekiston
Qonun buzgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning sakkizinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqadi", — deyilgan chorshanba kuni mahalliy matbuotda e’lon qilingan farmon matnida.

Hujjatga muvofiq, yangi qonun fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, Bosh prokuratura jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq normalarini yanada liberallashtirish bo‘yicha hamda qonun hujjatlariga, eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, o‘tkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0