TOShKENT, 14 okt — Sputnik. 2016-yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkentda Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlari vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan xorijiy mamlakatlar ilmiy-akademik doiralarining vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, deb xabar qilgan "Jahon" AA.
Shu nuqtayi nazardan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi aynan O‘zbekistonda o‘tkazilishi alohida ma’no va ahamiyat kasb etadi. Negaki, O‘zbekiston hamisha musulmon olami ichra bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunishning tarafdori bo‘lib kelgani holda o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida sivilizatsiyalar hamda turli xalqlar madaniyatlarining chorrahasi bo‘lib xizmat qilgan.
Shuni qayd etish joizki, ko‘p millatli O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kezlaridan boshlaboq vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlanishiga, jamiyatda dinlararo va fuqarolararo hamjihatlik mustahkamlanishiga, konfessiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Sharqning nozik ma’naviy qadriyatlari hamda zamonaviy demokratik tamoyillar suveren mamlakatda diniy mansubligidan qat’iy nazar har bir fuqaroga teng imkoniyatlar yaratish, inson huquqlarini himoya etishning yaxlit tizimini shakllantirish imkonini berdi. Shu bois bugungi kunda millatlararo do‘stlikning mustahkam rishtalari O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlamoqda. Bu ijobiy tajribani nafaqat Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda, balki butun dunyoda chuqur tadqiq etish va tarqatish lozim, deb o‘ylayman".