Emomali Rahmon nima uchun dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi?

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishTojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxati "The Muslim 500-2017" e’lon qilingani haqida xabar qilgan edik. Aytish lozimki, ushbu reytingdan musulmon hamjamiyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar kiritiladi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘tgan haftada Iordaniyaning Amman shahridagi Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi dunyoning eng obro‘li 500 musulmon ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Tojikiston rahbari ushbu nufuzli ro‘yxatdan uchinchi bor o‘rin oldi, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston.

Tug‘ruqxonadagi chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda chaqaloqlarga serial qahramonlari ismini qo‘yish ta’qiqlanadi
Eng nufuzli musulmonlar ro‘yxati2009 yildan beri e’lon qilib kelinadi. Reyting mualliflari Emomali Rahmonni ushbu ro‘yxatga kiritar ekan, Tojikiston prezidentining 2013-yilda davlat rahbarligiga to‘rtinchi bor qayta saylangani, Haj safarini ado etgani hamda 2007-yilda o‘z familiyasidagi slyavancha "ov" (Rahmonov) qo‘shimchasidan voz kechganini esga olishgan.

Ekspertlar Tojikiston prezidentining ushbu ro‘yxatga katta ishlar sodir etgani uchun kiritilganiga shubha qilishmayapti. Ammo u qanday ishlar bo‘ldi ekan?

Tojik siyosatshunosi Abdug‘ani Mamadazimovning fikriga ko‘ra, Emomali Rahmonning ushbu ro‘yxatga kiritilishi bosh sababi aniq. Joriy yilda u oilaviy Makka va Madinaga Haj safarini amalga oshirgan hamda Ka’baga kirish baxtiga muyassar bo‘lgan (u yerga faqatgina Saudiya Qirolining ruxsati bilangina kirish mumkin).

Duo qilayotgan ayollar - Sputnik O‘zbekiston
Musulmon dunyosi hijriy yangi yilni kutib olmoqda
Taniqli tojik jurnalisti Nurali Davlat dunyoning eng martabali 500 musulmoni qay tartibda aniqlanishini hech tushunmasligi haqida iddao qildi.

"Ushbu ro‘yxatdan ko‘pincha sobiq Ittifoq musulmon respublikalari prezidentlari o‘rin olshishadi. O‘ylaymanki, regionnning boshqa rahbarlari ham tez orada reytingga kiritiladi, reyting o‘z strukturasiga ko‘ra rasmiy maqomga egaga o‘xshaydi", — deb yozadi Davlat.

Emomali Rahmonga to‘xtaladigan bo‘lsak, sharhlovchi fikriga ko‘ra, Tojikiston rahbari ehtimol, bu ro‘yxatga "diniy ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgani uchun" kiritilgan.

2009 yilda "Vijdon va diniy uyushmalarning erkinligi to‘g‘risida" qonun qabul qilingan edi. Bu hujjat ayrim turdagi konfessiyalar faoliyatini ta’qiq ostiga qo‘ydi hamda musulmonlar haq-huquqlarini ma’lum ma’noda chekladi, deb aytish mumkin. Misol uchun ayollarga va 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarga masjidlarga borish hamda ish o‘rinlarida namoz o‘qish ta’qiqlangan edi. Shuningdek, hijobda yurish ham cheklandi… Eng muhimi, davlat tashabbusiga ko‘ra, xorijdagi diniy muassasalarda tahsil olgan yoshlar o‘z vataniga qaytarila boshladi", — deya ta’kidlab o‘tgan Davlat.

Yangiliklar lentasi
0