Chelyabinsk – Toshkent aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishChelyabinsk shahri
Chelyabinsk shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning kuz mavsumidan boshlab “Chelyabinsk - Toshkent – Chelyabinsk” yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. “Chelyabinsk – Toshkent – Chelyabinsk yo‘nalishida” ushbu yilning 4-noyabrdan boshlab yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda  “Chelyabinsk” xalqaro aeroporti.

Miass darosi qirg‘og‘i, Chelyabinsk shahri - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharlarga aylanadi

Uralskie avialinii” kompaniyasi qishgi mavsumda Toshkent yo‘nalishiga parvozlar amalga oshirishni boshlaydi. Yangi qatnovlar 2016-yilning 4-noyabridan 2017-yilning 24-martigacha amal qiladi. Ayni damda chiptalar sotish boshlangan”, — deyilgan “Chelyabinsk” xalqaro aeroporti xabarida.

Parvozlar haftaga bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi. Chelyabinsk – Toshkent yo‘nalishida U6-2975 raqamli reys 08:35 – 10:50 da, Toshkent – Chelyabinsk yo‘nalishida esa U6-2976 reys 12:20 – 15:35da amalga oshiriladi. 160 nafar yo‘lovchiga moslashgan Airbus A320 samolyotida parvoz davomiyligi 2 soat 15 daqiqani tashkil qiladi. Chiptalar narxi  10 337 rubldan boshlanadi.

Bundan buyon Chelyabinsk aholisi Toshkentga ish va dam olish yuzasidan safarlar amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. 

O‘zbekistonga keladigan turistlar soni oshadi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent – MDH va jahon sayyohlarining orasida ommaviy manzillardan biri hisoblanadi. Toshkent – mehmondo‘st, quyoshli o‘lka bo‘lib u mehmonlarni o‘zining gullagan bog‘lari, shirin-shakar mevalari va keng oq oltinli dalalari bilan, bag‘rini keng ochib kutib olishga tayor.  

O‘zining uzoq va boy tarixi davomida o‘zbeklar zamini Iskandar Zulqarnayn, Chinzizxon va Amir Temur imperiyalarida ilm-fan gullab yashnashi, me’morchilik san’ati barkamolligining guvohi bo‘lgan.

“O‘zbekistonga sayohat qilayotgan har bir mehmon qadimiy Sharq durdonasi Samarqand, farovon Buxoro, afsonaviy Xiva,  do‘stlik va quyosh poytaxti Toshkent, oltin vodiy markazi Farg‘ona hamda qadimiy butparastlar shahri Termizga tashrif buyurib unutilmas taasurotlar olishi mumkin”, — deyilgan xabarda.  

«Uralskie avialinii» aviakompaniyasi Rossiya havo transport xizmati ko‘rsatuvchilari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Aviakompaniya yil sayin parvoz yo‘nalishlarini kengaytirib kelmoqda. 2015-yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 5,4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

Yangiliklar lentasi
0