Toshkent va Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharlarga aylanadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMiass darosi qirg‘og‘i, Chelyabinsk shahri
Miass darosi qirg‘og‘i, Chelyabinsk shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi O‘zbekiston Bosh konsuli Ravshan Matjonov Chelyabinsk viloyati ma’muriyati bilan uchrashib viloyatdagi o‘zbek diasporasiga ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Toshkent va Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharlarga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda Chelyabinsk ma’muriyati matbuot xizmati.

Ushbu qaror viloyat rahbari Yevgeniy Teftelev va O‘zbekiston bosh konsuli Ravshan Matchonov uchrashuvida qabul qilindi. Tomonlar ikki mamlakat orasida birlashtiruvchi omillar ko‘pligini va shu asosda hamkorlikni rivojlantirish kerakligini ta’kidlashdi.

“Chelyabinskda uch mingga yaqin o‘zbeklar yashaydi, ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan maxsus markaz bor. Biz doimo boshqa millatlar bilan munosobatlarni yaxshilashga harakat qilamiz”, — dedi  mer.

O‘zbekiston vakili o‘z navbatida viloyat ma’muriyatiga o‘zbek diasporasiga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, xususan “Vatandoshlar” dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani uchun.

Matchonovning so‘zlariga qaraganda, respublika hozirgi kunda Rossiyaning 70 hududi bilan hamkorlik qilmoqda. Chelyabinsk viloyati esa, ustuvorligi bo‘yicha, Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin uchinchi o‘rinda.   

 

Yangiliklar lentasi
0