O‘zbekistonga keladigan turistlar soni oshadi

Obuna bo‘lish
Hozirda ekspertlar joriy yilning oxirida o‘z natijasini berishi kutilayotgan tadbirlarni ishlab chiqishmoqda

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda xorijlik turistlarning viza olish va mamlakatga kelishlari bo‘yicha masalalarni yengillashtiruvchi tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekistonga "O‘zbekturizm"dagi manba.

Hozirda ekspertlar joriy yilning oxirida o‘z natijasini berishi kutilayotgan tadbirlarni ishlab chiqishmoqda.

"70ga yaqin turli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi rejaning asosiy vazifasi sohadagi muammolarni yechish va xorijlik turistlarni jalb etishdan iborat. Hozirda tegishli vazirlik va muassasalar bilan hujjatning ayrim bandlari bo‘yicha kelishuvlar olib borilmoqda, "O‘zbekturizm" ularga o‘z taklifini bergan va ularning javobi kutilmoqda. Umid qilamizki, bu ishning natijasi 2016-yilning oxiridayoq ko‘rinadi", — dedi "O‘zbekturizm"dagi manba.

Qizil Maydondagi turistlar - Sputnik O‘zbekiston
2015 yilda 800 mingga yaqin o‘zbekistonlik turist Rossiyaga kelgan

Uning aytishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonga 2 million 35 ming turist kelgan, bu 2014-yilga nisbatan 5%ga ko‘p demakdir. Xorijlik turistlarning aksariyat qismi G‘arbiy Yevropa, Rossiya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelgan.

O‘zbekiston tarixiy va arxitektura yodgorliklari soni bo‘yicha jahonda to‘qqizinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonning mashhur Samarqand shahri Rimning tengdoshi bo‘lib, dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. Respublikada turistlar uchun eng qulay muhitlar bu xavfsizlik, o‘ziga xos milliy oshxona va rivojlangan transport infrastrukturasidir.

Yangiliklar lentasi
0