Euronews Siyob bozori haqida ko‘rsatuv namoyish qiladi

Obuna bo‘lish
Sheymus Kerni ismli jurnalist tomoshabinlarni O‘zbekistonning eng chiroyli joylariga sayohatga taklif qilib, o‘lkaning boy madaniy me’rosi bilan tanishtiradi.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Euronews telekanalida "O‘zbekiston otkritkalari" turkumidagi ko‘rsatuvlarning navbatdagi soni O‘rta Osiyoda eng qadimiy bo‘lgan Siyob bozoriga bag‘ishlangan bo‘ladi.

Euronews Samarqand qog‘ozi haqida ko‘rsatuv namoyish qildi

Qadimdan sharqiy shaharning markazi — bozor bo‘lgan. Samarqandda bu — Siyob bozori. Inson Siyob bozoriga qadam qo‘yar ekan, shu zahotiyoq o‘tmoshga tushib qolgandek bo‘ladi: bu yerda hozir ham qadimdagidek shirin mevalar, ziravor o‘tlar, holva va issiq nonlar sotilmoqda. Hamma shoshgan, savdo qizg‘in… Hozir ham bozor mahalliy aholi, dehqon va hunarmandlar hayotida o‘ta muhim rol o‘ynaydi.

"Siyob bozori O‘rta Osiyoning eng qadimgi bozorlaridan biri. Uning yoshi ikki ming yildan katta. Qadim zamonlarda u Buyuk Ipak yo‘lida muhim nuqta bo‘lgan",- deydi ekskursovod Sevara Bekniyozova.  

Siyob bozori shaharning eski qismida joylashgan bo‘lib, bu yerda erta tongdan qorong‘u kechga qadar odam gavjum. Bozorda sotilayotgan mahsulotlar orasida Samarqand noni alohida o‘rin egallaydi. Uning retsepti yuz yillar davomida o‘zgarmagan. Shuningdek bozorda eng sifatli quruq mevalar: mayiz, yong‘oq, bodom, sho‘rdanak va boshqa narsalar ham sotiladi.

Shohi-Zinda majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Euronews Shohi Zinda majmuasi haqida ko‘rsatuv namoyishini boshladi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning avgustidan boshlab Euronews telekanalida "O‘zbekiston otkritkalari" turkumidagi ko‘rsatuvlarning namoyish qilinmoqda. Telekanal O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari va madaniy boyliklari haqida 18 ta ko‘rsatuv tayyorlaydi. Ko‘rsatuvlarda Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida suratga olingan, deb xabar qilmoqda "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi.

Yangiliklar lentasi
0