Euronews Samarqand qog‘ozi haqida ko‘rsatuv namoyish qildi

Obuna bo‘lish
Ushbu hafta Yevropaning yetakchi telekanallaridan biri bo‘lgan Euronews “O‘zbekiston durdonalari” turkumida qadimiy Samarqand qog‘ozi haqida film namoyish qildi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Euronews telekanali “O‘zbekiston durdonalari” turkumida qadimiy Samarqand qog‘ozi haqida film namoyish qildi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Euronews  jurnalistlari xabariga ko‘ra, qadimda qog‘oz tayyorlash Xitoyda boshlangan bo‘lsada, ushbu sanoat O‘zbekiston hududida shu qadar takomillashganki, natijada Samarqand qog‘ozi dunyoda eng yaxshi qog‘ozlardan biriga aylangan.

Ushbu murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan hunar bugungi kunda Samarqandda qayta tiklanib, “Meros” nomli kichik ustaxonada Samarqand qog‘ozining tayyorlanish jarayoni tasmaga tushirilgan.

Qog‘oz tayorlash uchun tut daraxtining shoxlari o‘n kun davomida suvda ivitiladi, so‘ngra uning po‘stlog‘i qo‘l bilan ajratib olinadi. Undan keyin ikki hafta davomida po‘stloq  qog‘oz xom ashyosiga aylantiriladi.

“Meros” ustaxonasida ushbu qimmatbaho qog‘oz tayyorlashning barcha bosqichlari, shuningdek, tut shoxlaridan olngan xom ashyoni siqish va tekislash jarayonlari ham bevosita tomoshabinlarning e’tiboriga havola qilingan.

Bundan keyin ham Euronews telekanali “O‘zbekiston durdonalari” turkumidagi ko‘rsatuvlarining yangi lavhalar efirga uzatilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0