Euronews Shohi Zinda majmuasi haqida ko‘rsatuv namoyishini boshladi

© Mixail GenisShohi-Zinda majmuasi
Shohi-Zinda majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Euronews muxbiri ushbu yodgorlik majmuasini nafaqat samarqandliklar, balki butun dunyodagi ziyoratchilar muqaddas qadamjo deb bilishlarini ta’kidlaydi

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Shu haftadan e’tiboran Yevropadagi yetakchi “Yevronyus” telekanali “O‘zbekistondan durdonalar” ko‘rsatuvlar turkumining navbatdagi telelavhalari namoyishini boshladi, deb xabar beradi “Jahon” AA. Bu gal Samarqand shahrida joylashgan Shohi Zinda yodgorlik majmuasiga bag‘ishlangan teledastur namoyishi joriy yilning 26-sentabridan boshlab 2-oktabriga qadar davom etadi.

Dasturda qayd etilganidek, o‘rta asrlarga oid ushbu yodgorlik qadimda shohlar va mahalliy zodagonlar dafn etiladigan hilxona bo‘lgan.

Moskvadagi turizm ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Euronews O‘zbekiston haqidagi turkum ko‘rsatuvini boshlaydi

Majmua birin-ketin joylashgan yorqin moviy koshinli, ajoyib maqbaralardan iborat. Dasturda qayd etilishicha, Muhammad payg‘ambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbos roziyallohu anhuning qabrlari joylashgan joy majmuaning hilxona boshlanadigan asosiy maqbarasi hisoblanadi.

Majmuada XIV-XV asrlarga oid 11 maqbara, shuningdek, XI asrda barpo etilgan uchta masjid joylashgan. Umuman, Shohi Zinda an’anaviy islom me’morchiligi asosida bunyod etilgan 40dan ziyod obidalardan iborat.

Euronews muxbiri ushbu yodgorlik majmuasini nafaqat samarqandliklar, balki butun dunyodagi ziyoratchilar muqaddas qadamjo deb bilishlarini ta’kidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0