Ekspert: AQShning Afg‘onistondagi operatsiyasi "Tolibon"ni kuchaytirdi

© AP/ str/Haider ShahTolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" yo‘q qilinmadi va Afg‘onistondagi kattagina hududni egallab turibdi

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. AQShning 15-yil ilgari Afg‘onistonda boshlagan "Mustahkam ozodlik" operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi —"Tolibon" yanada kuchaydi, afun yetishtirish esa gullab-yashnadi, dedi RIA Novostiga Politics First jurnalining bosh muharriri, xalqaro masalalar bo‘yicha ekspert Markus Papadopulos.

"AQSh Afg‘onistonda operatsiya boshlaganidan keyin 15 o‘tgach, hali ham missiya maqsadiga erishmaganligi ko‘rinib turibdi. Aslida AQSh muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biroq bir savol tug‘iladi, amerikaliklarning asl maqsadlari nima edi?" — dedi ekspert.

Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Afg‘oniston janubida bir tuman hududini egallab oldi

Uning aytishicha, "birinchidan, "Tolibon" yo‘q qilinmadi va Afg‘onistondagi kattagina hududni egallab turibdi". "Buning ustiga, "Tolibon" amerikaliklar xavfsiz deb hisoblaydigan hududlar, Qobulda ham NATO va afg‘on hukumatiga qarashli kuchlarga dahshatli zarba berish imkoniyatiga ega", — deydi Papadopulos.

Ikkinchidan, ta’kidladi u, "Afg‘onistonda afun savdosi qisqarish o‘rniga o‘sdi, BMT ma’lumotlariga qaraganda, 2014-yilda rekord darajadagi hosil yetishtirilgan". Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning " Afg‘onistonda "Tolibon" va afun savdosiga qarshi kurashi" judayam ikkiyoqlama talqinga ega.

Ekspert "Tolibon" harakati AQShning yaqin do‘sti bo‘lgan Pokiston tomonidan yaratilganini, 1980-yillarda Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlariga qarshi jang qilish uchun ular Vashington tomonidan tayyorlanganini bildirdi.

"AQShning 15-yil ilgari Afg‘onistonda boshlagan "Mustahkam ozodlik" operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi —Afg‘oniston toliblardan ham, afun savdosidan ham qutulmadi. Buning o‘rniga "Tolibon" yanada kuchaydi, afun yetishtirish esa gullab-yashnadi. Lekin AQShning bundan 15-yil oldin ham, hozir ham Afg‘onistonda bo‘lishi uchun asosga egaligi bois hech kim yuqoridagi dalillardan hayron bo‘lmasligi lozim", — dedi ekspert.

Qobul shahrining ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Brussel konferensiyasida Afg‘oniston uchun 3 mlrd dollar yig‘ishmoqchi

AQSh va uning ittifoqchilarining Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasi 2001-yil 7-oktabrda boshlangandi. U 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarga javoban "Mustahkam ozodlik" operatsiyasi doirasida o‘tkazilgan.

AQSh va Buyuk Britaniya qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishiga BMT Xavfsizlik kengashining 2001-yil 12-sentabrdagi rezolyutsiyasi asos bo‘lgan.

Shu bilan birga, Afg‘onistondagi antiterror harakatlariga NATO vakillari rahbarligidagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari ham jalb etilgan.

Ularning asosiy maqsadi "Tolibon" va "Al-Qoida" ekstremistik guruhlari jangarilarini topish va yo‘q qilish bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0