Brussel konferensiyasida Afg‘oniston uchun 3 mlrd dollar yig‘ishmoqchi

© Sputnik / Alexander Grashenkov / Mediabankka o‘tishQobul shahrining ko‘rinishi
Qobul shahrining ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelasi haftada Brusselda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada 70ga yaqin mamlakat va o‘nlab xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Brusseldagi afg‘on muammosi bo‘yicha donorlik konferensiyasida yiliga uch milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam yig‘ish mo‘ljallanmoqda, deb ma’lum qildi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV Osiyo ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov RIA Novostiga.

Donorlik konferensiyasida 2020-yilgacha mamlakatga yordam ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqish mo‘ljallangan.

Kelasi haftada Brusselda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada 70ga yaqin mamlakat va o‘nlab xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.

"Bu donorlik konferensiyasi. Afg‘onistonga 2020-yilga qadar iqtisodiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish uchun kerakli mablag‘ yig‘ish borasida gap boradi. Tashkilotchilar yiliga 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ni mo‘ljallamoqda", — dedi Kabulov.

BMT Bosh Assambleyasining 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z ma’ruzasida Afg‘oniston muammosiga ham to‘xtalib o‘tgandi.

Jumladan, u "Donor mamlakatlar va xalqaro institutlar Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini sidqidildan ado etishi juda muhimdir. Mablag‘lar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya sohasiga jalb etilishi maqsadga muvofiq", — deb fikr bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0