Tolibon Afg‘oniston janubida bir tuman hududini egallab oldi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ertalab, Tolibon Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hujumga o‘tganini xabar bergan edik.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. «Tolibon» radikal oqimi jangarilari Afg‘oniston janubida joylashgan Gilmend viloyatining Nava tumani ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda Afg‘onistonning 1TV telekanali.

Nava tumani Gilmend viloyati markazi bo‘lgan Lashkargoh shahridan janub yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, oxirgi vaqtlarda u yerda jangarilar soni ko‘payib borgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin esa aynan ushbu viloyat hududida Pokiston vertoloti majburan qo‘ndirilib, ekipaj a’zolari asirga olingan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “tolibon” hujumi oqibatida mahalliy politsiya rahbari Axmed Shax va yana bir necha kuch tuzilmalari vakillari qurbon bo‘lgan.

Bugun ertalab, Tolibon Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida  hujumga o‘tganini xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0